Jinoyatchilik keng muhokama qilindi.

Jinoyatchilik keng muhokama qilindi.


Olot tumani 1-sektor hududidagi “Chovdir” MFYda joylashgan 17-umumtaʼlim maktabida tuman hokimi oʻrinbosari Jamil Allakov, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat Olot tuman bo'linmasi hamda Olot tuman IIB boshligʻi oʻrinbosari, jamoat xavfsizligi boshligʻi kapitan Rustam Davlatovlar ishtirokida jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olish mavzusida hududda istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda Rustam Davlatov soʻzga chiqib jinoyatning sabablari va ularning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlar, kelgusida bunday holatlarni oldini olish boʻyicha keng jamoatchilik bilan muhokama qildi.

Shundan soʻng tuman hokimi oʻrinbosari Jamil Allakov har bir sodir etilgan jinoyat muhokamasiz qolmasligi, uning jamiyat uchun salbiy oqibatlari haqida toʻxtalib oʻtdi.

Muhokamalar jarayonida sodir etilgan jinoyatlarning ijtimoiy xavflilik darajasi boʻyicha tushuntirish berib oʻtildi. Shu bilan birga ayrim fuqarolar tomonidan sodir etilgan ogʻir va oʻta ogʻir turdagi jinoyatlarning sodir etilish sabab va oqibatlari jamoatchilik oldida keng muhokama etildi.

Yigʻilish davomida jinoyatchilik hamda huquqbuzarliklarni oldini olishda targʻibot tadbirlarining samarasi juda yuqori ekanligini, jinoyatning nimaga yetaklashini tushungan inson undan tiyilishga harakat qilishi, mahallalar hududida yoʻl transport hodisalari, ijtimoiy tarmoqlar orqali sodir etilayotgan turli jinoyatlar, ayniqsa plastik kartalardan pul yechib olish va oʻgʻirlash bilan bogʻliq jinoyatlarni oldini olish hamda bu turdagi jinoyatlarning sodir etilishiga imkon berayotgan omillar, tub sabablar hamda ularning oqibatlari, aholining huquqiy ongi va savodxonligini oshirish, targʻibot-tashviqot borasida tushuntirish ishlari amalga oshirildi.

Shu bilan birga “Koʻl Chovdir” mahallasidagi 21-umumtaʼlim maktabida mahalla profilaktika inspektori katta leytenant Mumin Axmadovni hisoboti tinglandi.


Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Olot tuman bo'linmasi.

Report Page