Jigarning alkogolsiz yog‘ kasalligi haqida

Jigarning alkogolsiz yog‘ kasalligi haqida


Har bir odam tanadagi ortiqcha yog‘ni ko‘zi bilan tezgina ilg‘ab olishi mumkin. Bilasizmi, yog‘ odam terisining faqat ostidagina emas, balki uning ichki a’zolarida ham to‘planishi mumkin. 

Jigarning alkogolsiz yog‘ kasalligi xavfli va og‘ir kasallik bo‘lib, bu a’zoni qayta tiklab bo‘lmaydigan o‘zgarishlarga olib kelishi mumkin. Sog‘lom xujayralar o‘rnini chandiq biriktiruvchi to‘qima egallashi odam jigarining qotish xavfini tug‘diradi. Bu jigar sirrozi, jigar yetishmovchiligi yoki jigar saratoniga olib kelishi mumkin.

Hozirgi kungacha jigar yog‘ bosishi, jumladan, jigarning alkogolsiz yog‘ kasalligining kelib chiqish sabablari to’liq aniqlanmagan. Faqat shu narsa ma’lumki, bu kasallik ortiqcha vaznga ega bo‘lgan yoki semizlikdan aziyat chekadigan o‘rta yoshdagi odamlarga shikast yetkazadi. Ko‘pincha bunday bemorlar qand kasalligi bilan og‘rigan, organizmida xolesterin miqdorining ko‘pligidan aziyat chekadigan va boshqa kasalliklarga chalingan bo‘ladilar.


KARSIL - jigarni himoya qilish uchun mo‘ljallangan va o‘simliklardan tayyorlangan dori vositadir. U jigarga o‘z vazifasini bajarishga yordam beradi va og‘riqli belgilarni yengillashtiradi.


Shifokor retseptisiz buyuriladi. Boshqa dori vositalari bilan kompleks davolashda qo‘llaniladi. Qo‘llashdan avval mutahassis maslahati zarur.

Report Page