JetBrains Internship 2025
Javohir AkramjonovDasturchilar uchun dastur tuzishga qiziqardim.
2019-yil dasturlashni biroz o'rganib olgandan so'ng, boshqalarga o'rgatish zavq bera boshlagan. Shunda dasturchilar uchun dastur tuzishga qiziqishim ortdi.
JetBrains esa bu qiziqishimga mos eng zo'r kompaniya edi.
JetBrains Internship'ga topshirish
internship.jetbrains.com havolasi orqali JetBrains kompaniyasi uchun internshiplarni topish mumkin. Men ham 2024-yil Oktyabr oyida GoLand jamoasiga internshipga topshirdim.
Internshipga topshirish boshqa ko'pchilik kompaniyalardagi kabi shunchaki rezyumeni joylab qo'yish bilan tugamaydi. JetBrains uchun rezyume bilan birgalikda loyiha ham qilib berishingiz kerak. Masalan, mening GoLand jamoasi uchun internship topshirishimda holatimda, quyidagicha loyiha qilish topshirildi. Bajarilgan loyihani github.com platformasiga joylab, unga havolani qoldirish kerak bo'ldi.
GoLand jamoasiga qo'shilish uchun berilgan loyiha:
Fayl va papkalar uchun yo'l ko'rsatiladi. Siz barcha berilgan fayllarni indekslab oling. Biror so'z kiritilganda, shu so'z qatnashgan fayllarni topib, ularning fayl nomlarini ekranga chop eting.

JetBrains Internship Intervyu
- Java'da hashcode va equals methodlari haqida aytib bering.
- Agar biror class'ning hashcode methodini har doim static qiymat qaytaradigan qilib qo'ysa qanday muammolar chiqishi mumkin? HashMap bilan ishlatilgandachi?
- ArrayList va LinkedList ning farqlarini aytib bering.
- ArrayList va LinkedList larning Time complexity va Space complexity lari haqida aytib bering (element qo'shish, o'chirish va olish uchun).
- Concurrency haqida aytib bering.
- Concurrency da uchraydigan muammolarni sanab bering.
- Java'da thread safe collection lar haqida aytib bering.
- Java'da istalgan collection ni qanday qilib thread safe qilish mumkin?
- Java'da istalgan map ni thread safe qilish usullarini aytib bering.
- Java'da synchronized kalit so'zi haqida aytib bering, agar u static method bilan birga ishlatilsa, nima monitor qilinadi (yoki nima sodir bo'ladi)?
- Java'da biror objectni lock qilish uchun nima ishlatiladi?
Offer
2 hafta o'tgach, JetBrainsdan offer xati keldi.
Xulosa
Jetbrains kompaniyasida ishlaydigan tanishim bo'lmagani sababli, intervyuga qanday qanday tayyorlanishni yaxshi bilmadim(algorithm yoki nazariya?). Lekin Alhamdulillah hammasi yaxshi o'tdi.
Xulosa sifatida shuni ayta olamanki, ko'p pozitsiyalarga shunchaki qo'rqmasdan topshirish kerak ekan xolos. Ko'p tajriba yig'aman, bo'lmasa meni olmaydi deb yuraversak, yuraverar ekanmiz. Bu mening JetBrains kompaniyasi uchun birinchi urinishim edi.
Kelgusi ishlaringizda omad.