Jenevada O‘zbekistonning Jahon Savdo Tashkilotiga a’zolik maqomini olish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi

Jenevada O‘zbekistonning Jahon Savdo Tashkilotiga a’zolik maqomini olish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi



Jeneva shahrida O‘zbekistonning Jahon Savdo Tashkilotiga a’zolik maqomini olish bo‘yicha Ishchi Guruhining 7-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Shu munosabat bilan Qishloq xo‘jaligi vazirligining “Jahon Savdo Tashkiloti masalalari bo‘limi” vakillari O‘zbekiston rasmiy delegatsiyasi tarkibida Jeneva shahrida bo‘lib qaytdi.

Tashrif davomida, vazirlik vakillari tomonidan O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi sektori joriy holati bo‘yicha taqdimot hamda ma’lumotnoma tayyorlandi. Ushbu hujjatlarning to‘liq shakli vazirlik tomonidan Kerns guruhi bilan uchrashuvda, qisqartirilgan shakli Iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari A.Xaydarov tomonidan Ishchi guruhining katta yig‘ilishida taqdimot qilindi.

Shuningdek, qishloq xo‘jaligi vakillari Yevropa Ittifoqi, Avstraliya, Braziliya, Argentina, Kerns guruhi bilan ikki va ko‘p tomonlama muzokaralarda ishtirok etishdi. Ushbu muzokaralarda xorijiy mamlakatlarning O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi tovarlar bozoriga kirish, shuningdek, qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash siyosati bo‘yicha bildirilgan e’tirozlariga qarshi argumentatsiyalar taqdim etildi.

Mazkur katta yig‘ilishda O‘zbekistonning qishloq xo‘jaligini qo‘llab-quvvatlash siyosati yuzasidan AQSH, Shveytsariya, Buyuk Britaniya, Argentina, Yevropa Ittifoqi va boshqa mamlakatlar tomonidan ko‘tarilishi mumkin bo‘lgan savollar hamda muammoli masalalarga argumentatsiyalar tayyorlandi hamda taqdim etildi.

Ta’kidlash joizki, Vazirlik vakillarining qishloq xo‘jaligi bo‘yicha taqdimoti yig‘ilish tashkilotchilari, muzokarachi mamlakatlar va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining JST'ga a’zolik bo‘yicha maxsus vakili – Bosh muzokarachi tomonidan mamlakatimizni yaqindan bilish uchun foydali deb topildi hamda alohida e’tiroflarga sabab bo‘ldi.

Ayni vaziyatda, muzokaralarning keyingi bosqichiga tayyorgarlik jarayonlari olib borilmoqda.


Report Page