Javobi topilmagan savollar

Javobi topilmagan savollar

 @bnpz_yi


Juda tez rivojlanib borayotgan olamda insonlar barcha-barcha savollarga javob topishgan. Agar biror narsa bizga noma’lumdek ko‘rinsa, bu savollarimizga fan allaqachon javob topgandek tuyiladi. Ammo biz o‘ylaganimizday, fan barcha narsaning ham javobini topib, uni asoslay olmagan. Quyida sizga hali javobi topilmagan savollarning ayrimlari ro‘yxatini keltirib o‘tamiz.

1. Nega jirafalarning bo‘yni uzun?


Albatta, jirafalarga uzun bo‘yin yuqorida o‘sgan o‘simliklarni iste’mol qilish uchun kerak, kabi javob to‘g‘ri bo‘lishi mumkin. Ammo olimlar ushbu javobni yagona to‘g‘ri variant sifatida qabul qilishga shoshilmayapti. Shuning uchun, bu savol hali ham ochiq va unga rasmiy javob yo‘q.

2. Inson qancha yil umr ko‘ra oladi?

Qanday g‘alati ko‘rinmasin, olimlar va shifokorlar qarishni kasallik deb hisoblashadi. Ya’ni, biz uzoq umr ko‘rish haqida emas, balki qanday qilib sog‘lom bo‘lishimiz kerakligi haqida ko‘proq tashvishlanishimiz kerak ekan. Sog‘lom yashagan holda inson qancha yil umr ko‘rishi esa, hali fan uchun noma’lum.

3. Nega ba’zi hasharotlar chiroqqa intiladi?


Hasharotlarning bunday harakati ularning eng keng tarqalgan odatlaridan biridir. Yorug‘lik haroratidan o‘lishiga qaramay, ular unga qarab intilib boraveradi. Shu bilan birga, nega ular olov paydo bo‘lganidan buyon shu kungacha yo‘qolib ketmadi? Olimlar buning haqiqiy sababini haligacha aniqlay olishmagan.

4. Nega esnoq “yuqumli”?


Biz esnayotgan odamni ko‘rganimizda o‘zimiz ham esnay boshlaymiz? Olimlar shu tarzda boshqalar bilan hissiy munosabatlarni shakllantirish qobiliyati namoyon bo‘lishini aniqladilar. Ammo shizofreniya va autizm bilan kasallangan odamlarga boshqalarning esnashi “yuqmaydi”. Olimlar nega bunday aloqani esnash orqali o‘rnatish mumkinligini bilishmaydi.

5. Okeanning tubida nima bor?


Bu savol g‘alati tuyulishi mumkin, ammo u bizning ro‘yxatimizdan o‘rin olishga haqlidir. Chunki uning atigi 5 foizi o‘rganilgan bo‘lib, 95 foiz qismida nima mavjud ekanligi noma’lum. Shuningdek, olimlar bu savolga javob topishga shoshilishmayapti, chunki ularning fikricha, okean tubiga tushgandan ko‘ra, Oygacha chiqish osonroq ekan.

6. Vaqtlar aro sayohat qilish mumkinmi?


Turli sabablarga ko‘ra, barchamiz hech bo‘lmaganda bir marta vaqt mashinasiga ega bo‘lishni orzu qilganmiz. Ammo bizga bu iloji yo‘q narsa kabi tuyuladi. Texnik nuqtai nazardan ilm kelajakka sayohat qilish mumkinligini tasdiqlagan. Faqat buning uchun yorug‘lik tezligida harakatlanish kerak. Ammo o‘tmishga sayohat qilish imkoniyati hali ham mavjud emas.

7. Nega chapaqay insonlar kam?


Ma’lumki, har 10 nafar odamdan atigi bittasi chapaqay hisoblanadi. Ammo 160 yildan buyon insonlar nega o‘ng qo‘ldan ko‘p foydalanadiganlar dunyo aholisining katta qismini tashkil etishini hech kim izohlay olmagan.

8. Nega biz esnaymiz?

Ha, ko‘pchilikning fikriga ko‘ra, inson boshqa umurtqali hayvonlar singari, tanada kislorod yetishmasligi tufayli esnaydi. Ammo bu versiya ham tasdiqlanmagan. Shuning uchun olimlar bu hodisani oxirigacha tushuntirib berolmaydi.

9. Insonlar nega tush ko‘rishadi?


Insonlarning nega tush ko‘rishlari borasida hali ham aniq bir javob yo‘q. Ba’zilar tushlarni amalga oshmagan orzular bo‘lishi mumkinligini aytishsa, boshqalari tushlar asab impulslari ekanligini ta’kidlashadi.

10. Biz nega uxlashga o‘rganganmiz?


Qadim zamonlardan beri insonlarni ushbu savol qiynab keladi. Ma’lumki, biz hayotimizning uchdan bir qismini uyquda o‘tkazamiz, ammo hech kim bu nima uchun sodir bo‘lishini izohlay olmagan. Ammo uyqu xotira yoki bilim olish qobiliyati uchun zarur, degan taxminlar ham mavjud.

Olam biz va siz bilmagan sir-sinoatlarga boy. Ularni xabardor.uz bilan birgalikda anglab, o‘rganib borishingiz mumkin. Yuqoridagi savollarga taxminiy yoki ilmiy javoblaringizni izohlarda kutib qolamiz. Yana qanday javobi noma’lum savollarni bilasiz?

Report Page