Javascriptni o‘rganish uchun 10 ta eng yaxshi web-sayt

Javascriptni o‘rganish uchun 10 ta eng yaxshi web-sayt

@webdev07

Javascript barcha web-dasturlarni yaratishda qo‘llaniladigan dasturlash tili hisoblanadi. Dasturlashni endi boshlaganlar HTML va CSS bilan birgalikda Javascript ham o‘rganishlari lozim.

HTML - asosiy struktura va uning tarkibini shakllantiradi.

CSS - web-saytning maketi va dizayni uchun ishlatiladi.

Javascript - web-saytning dinamikasi va ba’zi animatsiyalari uchun kerak.

Web-dasturlashda Javascriptning o‘rni juda muhim. Quyida esa Javascriptni o‘rganishda siz uchun foydali bo‘lgan ba’zi manbalarni keltiramiz.:

1- W3schools

w3schools.com

Ushbu web-sayt dasturlash, programmalashtirish, dasturiy ta’minotni yaratishni o‘rgatishni eng birinchilardan bo‘lib yo‘lga qo‘ygan saytlardan biri. O‘rgatish uslubi juda yaxshi. Saytdagi ma’lumotlar qadam-baqadam, kichik detallar bilan tushuntirilgan.

2- Codeacademy

www.codecademy.com

Bu saytdagi o‘rgatuvchilar o‘ziga xos va interaktiv metodga ega bo‘lib, darslar boshlang‘ich darajadan murakkab darajagacha o‘rgatiladi. Men ushbu kursni o‘rganishingizni tavsiya qilgan bo‘lardim.

3- Learn javascript

Bunda Google dasturchilaridan biri tomonidan yaratilgan Javascript o‘quv saytini ko‘rishingiz mumkin. Ushbu veb-sayt sizga bepul 40 ta kursni taklif qiladi.

Shuningdek, Flashcard dasturi kabi o'rganish uchun ma'qul bo'lgan kodli-loyihalar qo'llanmalarini ham topishingiz mumkin.

4- Javascript.info

Nomidan ham ko‘rinib turibdiki, ushbu web-sayt faqat Javascriptni o‘rgatishga qaratilgan.

5 — Code Mentor

Ushbu veb-sayt Javascript bilan birgalikda boshqa dasturlash tillarini ham interaktiv yo‘l bilan o‘rgatadi.

Siz nafaqat Javascriptni, balki Ajax, JQuery, Angular va JSON larni ham o‘rgana olasiz.

6- Udemy

Udemy bugungi kunda juda mashhur bo'lib bormoqda. Bu yerda Javascript haqida topishingiz mumkin bo'lgan ko'plab o'quv qo'llanmalari mavjud. Shuning uchun tanlov biroz qiyin bo'ladi. Lekin siz u yerda o‘qituvchi topib, uning tavsiyalari asosida yaxshi o‘rganishingiz mumkin.

7- Edx

Edx sizga bir nechta bepul kurslarni, jumladan, turli xil universitetlar tomonidan tayyorlangan Javascript kurslarini taklif qiladi.

8- Coursera

Coursera - bu Stenford professorlari tomonidan ishlab chiqilgan o'quv web-sayti.

Ushbu onlayn kurslarda London, Michigan singari ko‘plab universitetlar tomonidan darslar joylangan. Bular bepul va pullik onlayn kurslar bo'lib, barcha darajalarga: yangi boshlovchilar, o‘rta daraja va hatto yuqori darajadagi dasturchilarga ham mo‘ljallangan.

Pulli kurslarning ba'zilari esa sizning LinkedIn ga o‘xshash profillaringizda foydalanishingiz mumkin bo'lgan sertifikatlarni berishadi.

9 — MDN

MDN (Mozilla Developer Network) asosan dasturchilarga mo‘ljallangan. Shuning uchun ham MDN dan foydalanuvchilarning ko‘pchiligi boshqa dasturlash tillarini ham bilishadi va uzoq vaqtdan beri dasturlash bilan shug‘ullanishadi.

10 — Pluralsight.com

Internetda o‘rganish mumkin bo‘lgan eng yaxshi saytlardan biri. Chunki u yerda nafaqat web-dasturlash, balki mobil ilovalarni tuzish uchun ham ko‘plab materiallar mavjud. Siz nafaqat Javascriptni, balki Javascript kutubxonalari ReactJS, Angular, JQuery, NodeJS va boshqalarni ham o‘rgana olasiz.

➖➖➖➖➖➖➖➖

Ushbu ma’lumotlar Web-dasturlash kanali uchun tayyorlandi.

Manba: annadaya.medium.com

Report Page