JavaScriptda Array metodlari 2-dars

JavaScriptda Array metodlari 2-dars

Josh*

Assalamu Alaykum.

Bugungi maqolada JavaScripda Array metodlari nomli darsimizni davom etamiz.

Bismillah.

Demak o'tgan darsimizda biz:

  1. push(...items)
  2. pop()
  3. shift()
  4. unshift(...items)
  5. slice(start, end)

metodlarni o'rgangan edik.

Bugun esa quyidagi 5 ta metodlar bilan tanishamiz:

  1. splice()
  2. concat()
  3. forEach()
  4. indexOf()/lastIndexOf()
  5. includes()


Demak, splice() metodidan boshlaymiz.

Bu metod vazifalari:

  1. Arraydan biz xohlagancha miqdorda element(lar)ni o'chirib tashlaydi.
  2. O'chirilgan element(lar)ni o'rniga yangi elementlarni qo'shadi.

Argumentlari:

  1. start - bu qaysi indeksdan boshlab elementlarni o'chirishni belgilaydi. Misol uchun,birinchi argumentga 2 sonini bersak , metod arrayning ikkinchi indeksidan boshlab elementlarni o'chirishni boshlaydi.
  2. deleteCount - berilgan startdan ya'ni indeksdan boshlab nechta element o'chirish kerakligini aniqlaydi. Misol uchun, splice(2,2) deb yozsak, ikkinchi indeksdan boshlab 2 ta elementni o'chirish kerak degani.
  3. ...elementsToReplace - bu argument ixtiyoriy, agar biz o'chirgan elementlar o'rniga yangi elementlarni joylashtirmoqchi bo'lsak ishlatamiz.

Endi misollarga o'tamiz:

let arr = [1,2,3,4,5,6];

arr.splice(2,2) // arr = [1,2,5,6];

Bu yerda arraydan [3,4] ni o'chirib tashladik.

let arr = [1,2,3,4,5,6];

arr.splice(2,1, "uch") // arr =  [1, 2, "uch", 4, 5, 6]

bu yerda esa ikkinchi indeksda turgan 3 sonini o'chirib o'rniga "uch" ni yozdik.

Harxil holatlar bilan o'zingiz sinab ko'rishingiz mumkin.

Biz esa keyingi metodga o'tamiz. 😉

Biror bir arrayga boshqa arrayni qo'shib yangi array yaratmoqchi bo'lsangiz concat() metodini ishlatsangiz bo'ladi. Misol uchun:

let arr = [1,2,3];

let arr2 = [4,5,6];

let newArr = arr.concat(arr2); // newArr = [1,2,3,4,5,6]



Looplar haqida ma'lumotingiz bo'lsa, arraylarni sikl bo'ylab yurishimiz uchun tahminan quyidagicha koddan foydalanar edik:

for(let i = 0; i <= arr.length; i++){

console.log(arr[i])

}

yoki, for ..of , for..in lar ham misol bo'ladi.

Ammo, Arraylar ustida osonroq ishlashimiz uchun forEach() metodi ham borligini bilarmidingiz.

let arr = [1,2,3];


arr.forEach((item, index, array) => {

  console.log("item: " + item); // item: 1, item: 2 , item: 3

  console.log("index: " + index); // index: 0, index: 1, index: 2

  console.log("array: " + array); // array: [1,2,3], ...

})

mana shu usulda ishlashimiz mumkin.


Agar array ichidagi biror bir qiymatni indeksini bilishimiz kerak bo'lib qolsa , indexOf() metodidan foydalanamiz. Misol:

let arr = [5, 8, 3, 6, 3];

arr.indexOf(3); // 2

ko'rib turganimizdek 3 qiymatining indeksi 2 .

arr.lastIndexOf(3) // 4

lastIndexOf() esa ushbu berilgan qiymatning oxirgi joylashgan indeksini qaytaradi.



Agar biror bir qiymat ushbu arrayda bor yoki yo'qligini bilmoqchi bo'lsak includes() metodidan foydalanamiz. Misol:

let arr = [5, 8, 3, 6, 3];

arr.includes(5) // true

arr.includes(12) // false



Mana, Bugungi maqolam shulardan iborat edi. Manfaatli bo'lgan bo'lsa hursandman. Fikr, taklif va mulohazalaringizni kommentda kutaman.

Rahmat!

@JoshDeveloper


Report Page