JavaScriptda Array metodlari 1-qism

JavaScriptda Array metodlari 1-qism

Josh*

Assalamu Alaykum.

Bugungi maqolamizda, JavaScriptda Array metodlar haqida gaplashamiz.

Diqqat, Bu darsni bir nechta qismga bo'lib o'tamiz. Osonroqdan to murakkablarigacha. Metodlarga aloqador ayrim qiyinroq ma'lumotlarni bu darsda aytib o'tirmayman. Misol uchun metodlar tezligi, metod chaqirilganda orqada nima hodisalar ro'y berishi kabi. Bular haqida savolingiz bo'lsa bemalol kommentga yozishingiz mumkin.

Demak boshladik.

Avvalo, takrorlab olamiz, Array bu birnechta harxil qiymatlardan tashkil topgan ma'lum bir ketma ketlikda joylashgan obyekt. Misol uchun, [1, 2, "Josh", true] kabi.

Demak darsimizni o'zimiz uchun bitta array yaratib olishdan boshlaymiz.

let arr = [1,2,3,4];

Endi bugungi darsda o'rganadigan metodlar bilan qisqacha tanishib o'tamiz.

  1. push(...items)
  2. pop()
  3. shift()
  4. unshift(...items)
  5. slice(start, end)


Demak, bizda arr o'zgaruvchisi bor va u [1,2,3,4] qiymatini o'zida saqlayapti. Agar biz bu arrayga 5 ni qo'shmoqchi bo'lsak nima qilamiz ?

arr.push(5) // [1,2,3,4,5]

push() metodi orqali, har qanday array ning oxiriga har qancha qiymat qo'shishimiz mumkin. Biz hozirgina 5 raqamini arr ga qo'shdik. Agar 6,7,8 ni ham qo'shmoqchi bo'lsak, shunchaki:

arr.push(6,7,8); // [1,2,3,4,5,6,7,8]

desak kifoya. Eslatib o'taman, bu metod Arrayning oxiriga yangi qiymat qo'shadi!


Endi agar biz arrayning oxiridan bir qiymatni olib tashlamoqchi bo'lsak qanday yo'l tutamiz ?

arr = [1,2,3,4];

arr.pop(); // bu holatda arraydan 4 qiymati olib tashlandi. arr esa [1,2,3] ga teng.

Bu holatda, arrayning oxiridan bitta qiymatni olib tashladik.


Xo'sh, demak biz arrayni oxiridan qiymat olishni o'rgandik, agar arrayning boshidan olishimizga to'gri kelsa qanday yo'l tutamiz ? 🤨🤔

arr = [1,2,3,4];

arr.shift(); // arr qiymati endi [2,3,4]

bu metod orqali , arrayning boshidagi qiymatni olib tashlashimiz mumkin.


Nima qoldi yana ? 🤔

Ha, Arrayning boshiga qiymat qo'shish. Biz oxiriga qo'shishni ko'rdik. Ammo boshigachi ?

arr = [3,4,5];

arr.unshift(1,2) // arr ning qiymati endi [1,2,3,4,5] ga teng

demak bu metod orqali biz arraylarning boshiga yangi qiymatlarni qo'shishimiz mumkin ekan.


Tasavvur qiling, Bizda [1,2,3,4,5,6,7] qiymatlarini o'zida saqlayotgan bir array bor.

Bizga berilgan vazifa shuki, boshqa array yaratib, bu birinchi arraydan faqatgina [3,4,5] qiymatlarini olib yangisiga berish. Ya'ni birinchi array ga tegmagan holda, uni ichidagi ayrim qiymatlarni olib boshqa arrayga joylashtirish. Nima qilamiz ? 🤨

slice() metodidan foydalanamiz. Qanday ?

Misol:
let first = [1,2,3,4,5,6,7];

let second = first.slice(2,5) // second = [3,4,5];


Bu yerda slice() metodi birinchi arrayda 2 dan 5 chi indeksgacha bo'lgan barcha qiymatlarni ikkinchi arrayga ko'chirib olib beradi. Birinchi array ga ta'sir ko'rsatmagan holda.

Agar biz , 2-indeksdan boshlab qolgan barcha qiymatni olmoqchi bo'lsakchi ?

Ya'ni, [3,4,5,6,7] qiymatini. Bu vaziyatda slice metodiga shunchaki ikkinchi argumentni bermaymiz xolos. Ya'ni qayergachaligini aytmaymiz. Metod esa barchasini bizga olib beradi.

P.S: Indekslar 0 dan boshlab sanaladi.


Birinchi darsimiz shulardan iborat. Keyingi darslarimiz murakkabroq array metodlari haqida bo'ladi.

E'tiboringiz uchun rahmat.

Obuna bo'lishni va ulashishni unutmang.

@JoshDeveloper


Report Page