JavaScript nimalarga qodir?

JavaScript nimalarga qodir?

Ibrohim Bahromov
JS nimalarga qodir

JavaScript (JS)

JavaScript birinchi bo'lib vebni “jonli” qilish maqsadida yaratilgan. Avvalari veb faqatgina foydalanuvchilarga huddi Power Point kabi ma'lumot berish uchun ishlatilgani hammaga ma'lum. Lekin, hozirgi kunga kelib veb sahifalarning ko'pchiligi interaktivlashmoqda. JavaScript aslida shu maqsadda, yani veb sahifalarga interaktivlik kiritish maqsadida yaratilgan edi. JavaScripting HTML bilan ishlashdagi qulayligi uning asosiy ustunligi hisoblangan bo'lsa, faqatgina veb brauzerlar tomonidan ishlatilishi uning boshqa mashxur dasturlash tillari orasiga qo'shilishiga to'sqinlik qilgan.  2009-yilga kelib JS ni operatsion sistemalarda (Windows, Linux, MacOS) to'g'ridan to'g'ri ishalashini ta'minlab beruvchi Node ning yaratilishi juda katta imkoniyatar yarata boshladi. Shundan so'ng JS uchun ko'plab freymvorklar yaratila boshlandi. Bulardan eng mashxurlari Angular, React, Vue, Express, Restify va boshqalardir. Bugungi kunda JavaScript dasturchilar orasida juda ham ommalashib bormoqda.

JavaScript nimalarga qodir?

Avvalo shuni ta'kidlab o'tish lozimki, JS  front-end uchun eng mos dasturlash tilidir. JS brauzer tomonidan yaratilgan HTML strukturasini o'zgartirishda tengi yo'qdir. Bundan tashqari, server bilan bog'lanish hech qachon JS niki kabi oson bo'lmagan. Angular, React, Vue kabi freymvorklar esa jarayonni juda ham osonlashtiradi. JavaScriptning imkoniyatlari faqatgina front-end bilan chegaralanib qolmaydi albatta. Server yaratish uchun yaratilgan Express, Restify hamda NestJs freymvorklari o'z sohalarida boshqa texnalogiyalardan hech ham qolishmaydi. Bulardan end mashxuri Express bo'lib, zamonaviy veb sahifalar va mobil ilovalarning serverlari aynan ushbu freymvorkda yaratilgan. JavaScript faqat veb dasturlash sifatida ishlatiladi deb o'ylasangiz juda katta xatoga yo'l qo'ygan hisoblanasiz. Facebook tomonidan yaratilgan React Native texnalogiyasi JavaScript orqali mobil ilovalar yaratish imkoniyatini beradi. Siz deyarli har kuni ishlatishga o'rganib qolgan Facebook, Instagram, Messenger, AirBnb va boshqa mobil ilovalari aynan mana shu freymvork yordamida yaratilgan. JavaScript dasturlash tili faqatgina veb sahifa va mobil ilovalar bilangina cheklanib qolmaydi. Electron deb nomlangan JS freymvorki, operatsion sistemalar, yani, Windows, Linux va MacOS lar uchun dasturlar yaratish imkonini beradi. Bir vaqting o'zida veb sahifalar, mobil ilovalar va kompyuterlar uchun dasturlar yaratish imkonini beruvchi bu dasturlash tili o'yinlar yaratishda ham o'z o'rniga ega. Unity platformasi o'yinlar yaratish bobida dasturchilar orasida juda ham mashxurdir. Ushbu platforma o'yin yaratuvchi dasturchilarga uch xil dasturlash tillarini taklif qiladi. Bulardan biri albatta JavaScript dir. Bundan tashqari JavaScript bilan, terminal yoki CMD da ishlovchi turli xil yordamchi dasturlar yaratish ham mumkin. Bunday imkoniyatlar deyarli boshqa hech bir dasturlash tillarida topilmaydi. Ushbu sababga ko'ra zamonaviy mehnat bozorida JS dasturchilariga bo'lgan talab juda yuqoridir.



Report Page