Java Online Course
Umarov DostonCodestart dasturchilar markazi yurtimizdagi pandemiya sharoitida sizlar uchun dasturlash kurslarini masofaviy tarzda olib bormoqda. Sizga Java dasturlash tilini o'rganish uchun masofaviy dasturlash kursimizni taklif qilamiz.
Kurslar individual tarzda olib boriladi. Kurslarning olib borilish tartibi haqida quyida batafsil aytib o'tamiz:
Kursimizda darslar haftaning 6 kunida olib boriladi. Avval o'qituvchi tomonidan dars mavzusi batafsil yoritib amaliy ishlar yordamida bajarib ko'rsatilgan videomaterial, hamda shu mavzuga oid bo'lgan amaliy topshiriqlar taqdim qilinadi. O'quvchi ertasi kungacha videomaterialni ko'rib chiqib videomaterialdan o'rgangan bilimlaridan foydalanib topshiriqlarni bajaradi. Bu jarayonda hosil bo'ladigan savollar hamda tushunmovchiliklarga o'qituvchi bilan tashkil qilinadigan onlayn video muloqotda yechim topadi. Onlayn muloqot bilan bir vaqtda o'qituvchi uchun talabaning kompyuterini boshqarish imkoniyati beriladi(bu jarayonlar uchun maxsus dasturlardan foydalaniladi).
Kurs yuqoridagi tartibda bir kun videodars, keyingi kun o'tilgan darsning o'qituvchi bilan muhokamasi tarzida davom etaveradi.
Kursning sizning o'zlashtirish darajangizga mutanosib tarzda 2 oydan 3 oygacha davom etadi.
Kursning narxi: 400 000 so'm(oyiga)
Kurs bo'yicha qo'shimcha savol va takliflar yuzasidan @DostonUmarov ga murojaat qilishingiz mumkin.