#Jarayon

#Jarayon


Toshkent shahrida "UzChemPlastExpo-2025" Xalqaro sanoat ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda

Ushbu ko‘rgazmada, dunyoning 40 dan ortiq davlatlaridan kelgan ishlab chiqaruvchilar o‘z mahsulotlarini, yangi texnologiyalarini va to‘plagan tajribalarini namoyish etishmoqda.


📌Ko‘rgazmaning asosiy mavzulari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:


Kimyo sanoati;

Plastmassa, polimerlar, rezina, kauchuklar;

Laboratoriya va analitika

Mazkur ko‘rgazmada Kimyo-texnologiya fakulteti Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi kafedrasi katta o‘qituvchisi S.Qurbonova va ushbu kafedraning assistenti S.Kadirovlar, shuningdek, Farg‘ona viloyati hokimi maslahatchisi T. Surenin bilan birgalikda ishtirok etdishmoqda.


Mazkur ko‘rgazmada o‘z sohalari bo‘yicha yangiliklar va tajribalar bilan bo‘lishib, hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qilishdi.

Ko‘rgazma ishtirokchilari yangi texnologiyalarni o‘rganish, tajriba almashish va istiqbolli hamkorlik aloqalarini o‘rnatish imkoniyatiga ega bo‘lishdi

Report Page