Japan Digital University matematika fan olimpiadasi

Japan Digital University matematika fan olimpiadasi

Japan Digital University

Japan Digital University tomonidan tashkillashtirilgan Respublika matematika olimpiadasi.

Olimpiadaning o‘tkazilish tartibi :

- Olimpiadada O‘zbekistondagi xususiy va davlat maktablarining faqatgina 11-sinf o'quvchilari hamda akademik litseylarning 2-bosqich talabalari qatnashishi mumkin;

 -Olimpiadada qatnashish bepul

-Olimpiadada har bir qatnashuvchiga matematika fanidan test shaklida 30 ta savol va testni bajarish uchun 75 daqiqa beriladi.


Olimpiada 2 bosqichda o'tkaziladi:

 1-bosqich onlayn tarzda 22-apreldan 26-aprelgacha o’tkaziladi. 

 2-bosqich (yakuniy bosqich) offlayn tarzda Japan Digital University binosida 4-5-may kunlari soat 9:00dan boshlab o’tkaziladi. Javoblar e’lon qilinishi va g’oliblarni taqdirlash shu kunlarning o’zida amalga oshiriladi;

Onlayn bosqich. e-jdu.uz platformasida onlayn test shaklida 22-apreldan 26-aprelgacha o’tkaziladi. Bunda ishtirokchi ro'yxatdan o'tish jarayonida unga xabar berilgan imtihon kunida testda ishtirok etishi zarur.

Offlayn bosqich. Onlayn imtihondagi saralashdan o'tgan qatnashchilar aralash tanlov asosida 2 guruhga bo'linib o'z guruhlarida bellashishadi. G'oliblar har bir guruh orasida aniqlanib mukofatlanadi.

1-guruhdagi ishtirokchilar uchun musobaqa 4-may kuni soat 9:00 da boshlanadi. G'oliblar shu kunning o'zida e'lon qilinib mukofatlanadi.

2-guruhdagi ishtirokchilar uchun musobaqa 5-may kuni soat 9:00 da boshlanadi. G'oliblar shu kunning o'zida e'lon qilinib mukofatlanadi.

Sovrinlar

1-guruhdagi g'oliblar uchun:

1-o'rin sohibi uchun 1 ta noutbuk +Agar g'olib Japan Digital University talabasi bo'lishni tanlasa 2-semestr yakunidan keyin bir haftalik Yaponiyaga sayohat ;

2-o'rinning 3 ta sohiblari uchun bittadan noutbuk + Agar g'olib Japan Digital University talabasi bo'lishni tanlasa o'qish davrida 1,5 yil davomida beriladigan bir million so'mlik stipendiyalar

3-o'rinning 5 ta sohiblari uchun 5 ta Kindle elektron qurilmalari


2-guruhdagi g'oliblar uchun:

1-o'rin sohibi uchun 1 ta noutbuk +Agar g'olib Japan Digital University talabasi bo'lishni tanlasa 2-semestr yakunidan keyin bir haftalik Yaponiyaga sayohat ;

2-o'rinning 3 ta sohiblari uchun bittadan noutbuk + Agar g'olib Japan Digital University talabasi bo'lishni tanlasa o'qish davrida 1,5 yil davomida beriladigan bir million so'mlik stipendiyalar

3-o'rinning 5 ta sohiblari uchun 5 ta Kindle elektron qurilmalari


Muvaffaqiyatli ishtirok etgan qatnashchilar uchun:

Olimpiadada muvaffaqiyatli natija ko'rsatgan qatnashchilar umumiy qiymati 15 millard so'm etib belgilangan Japan Digital University ta'lim vaucherlari bilan taqdirlanadi.

Eslatma ! Japan Digital Universityning bir nechta ta'lim vaucherlariga ega o'quvchilar faqat bittasidan foydalana olishadi. Ya'ni agar siz JDUning offlayn imtihonlarida ham va olimpiadada ham vaucher qo'lga kiritgan bo'lsangiz faqat bittasini tanlash imkoni bor.


Offlayn va onlayn olimpiadada quyidagilar taqiqlanib, agar ishtirokchi ushbu harakatlarni sodir etsa olimpiadadan chetlashtiriladi :

-Topshiriqlarni bajarishda boshqa insonlardan yordam olish;

-Topshiriqlarni bajarishda telefon, shpargalka, turli yordamchi materiallardan foydalanish;

-Imtihonga kech qolish;

-Topshiriqlarni bajarishda ko‘chirmakashlik;

-Musobaqa jarayonida odob axloq normalarini buzish (shovqin ko’tarish, boshqalarga hurmatsizlik bilan munosabatda bo’lish...)


 Olimpiadaga ro‘yxatdan o‘tish tartibi: 

 -Ro’yxatdan o’tishning oxirgi kuni 19-aprel

 -Ro’yxatdan o’tish faqat online tarzda o’tkaziladi. 

 -Ishtirokchilar https://t.me/JapanDigitalUniversity_bot orqali yoki https://www.jdu.uz/olimpiadam2024 sayti orqali online tarzda o’tishlari mumkin.

-Belgilangan muddat sanasidan keyin to'ldirilgan ariza formalari qabul qilinmaydi

-Musobaqada xalqaro va respublika olimpiada g'oliblari qatnashishlari mumkin emas.

Olimpiada yangiliklari haqida https://t.me/JapanDigitalUniversity_bot yoki  https://t.me/jduniversity_uz rasmiy telegram kanalida tanishib borish mumkin;


Olimpiada bo’yicha qo’shimcha savollar, ro’yxatdan o’tishda nosozliklarni bartaraf etish uchun biz bilan bog'lanishingiz mumkin:

   Telefon raqam :+998 71 200 0595 

   Telelgram orqali : @jdu_support



Report Page