Jamoaviylik madaniyati

Jamoaviylik madaniyati

Islom Mamatov

Soʻzimni bir mashxur maqol bilan boshlamoqchiman. Yolgʻiz otning changi chiqmas, changi chiqsa ham dongʻi chiqmas. Albatta, bu ancha eski maqol, lekin hamon oʻz kuchini yoʻqtmagan. Insoniyat paydo boʻlibdiki individual yashashdan koʻra jamoa boʻlib yashashni afzal koʻradi. Nafaqat inson, balki har qanday tirik mavjudodlar jamoa boʻlib yashashni oʻzlashtirib olganlar.

Yer yuzida ilk hayot shakllari paydo boʻlganda birinchi boʻlib bir hujayrali mavjudotlar paydo boʻlgan. Keyin har xil tabiiy tasirlarga chidamli boʻlish maqsadida ular birlashdilar. Shu vaqtdan boshlab tiriklikning koʻp hujayrali shakli paydo boʻldi. Hozirki vaqtda har qanday jonzod borki, bir hujayrali mavjudotlarning birlashmasidan iborat tizimdir.

Bir hujayrali mavjudotlar

Undan soʻng oʻsha koʻp hujayrali jonzodlar ham yakka yashamasdan bir jamoaga birlashishdi. Bu ularga nima berdi? Ular erishgan imkoniyatlar quyidagilardan iborat: koʻproq ozuqa topish, har xil tabiat taʻsirlaridan himoyalanish, boshqa jonzodlar hujumidan omon qolish, oʻz turini saqlab qolish.

Jumladan insonlar ham ilk davrlardan jamoaviy yashash tarziga oʻtishdi. Avval qabilalar paydo boʻldi, keyin qishloqlar, undan soʻng ilk shaharlar va nihoyat ilk davlatchilik shakllari paydo boʻlgan. Jamoada har bir shaxsning oʻz vazifasi boʻlgan: ovchi ov qilgan, dehqon ekin ekkan, tikuvchi kiyim tikkan, oshpaz ovaqat qilgan. Shunday qilib birinchi kasblar paydo boʻlgan.

Endi bevosita axborot texnologiyalari sohasiga oʻtadigan boʻlsak, bu sohada ham har bir muvaffaqiyatga erishgan loyiha borki u katta jamoaning mehnati mahsulidir. Hozirgi kundagi barcha IT gigantlari jamoaviy boʻlib ishlashning eng samarali yoʻllarini egallashgan.

Bizning mintaqamizda esa yetishib chiqayotgan yosh dasturchilar bu anʻanaga eʻtibor qilishmaydi. Koʻproq yakka holda ishlab koʻproq pul topishga qiziqishadi. Yana ham aniqrogʻi puldan koʻra koʻproq mashxur boʻlishga harakat qilishadi. Afsuski bundan qarash bilan katta muvaffaqiyatga erishib boʻlmaydi. Biz jamoa boʻlib ishlashni oʻrganishimiz kerak. Men deb emas biz deb yashashimiz kerak. Qachon biz birlashsakgina kuchli jamoamiz.

Jamoa bo'lib ishlashning nima afzalliklari bor? XX asr boshlarida avtomashina sanoati yangi sanoat inqilobini boshlab berdi. Endi mashinalar qo'lda emas, konveyr usulida yig'ila boshlandi. Bunda har bir ishchining ma'lum vazifasi bo'lar edi va u o'z sohasi bo'yicha mukammal mutaxassis bo'lib yetishar edi. Shuning hisobiga ishlab chiqarish tezlashdi. Mashinalar ham bir standart bo'yicha chiqa boshladi. Xuddi shunday IT sohasida ham kimdir dasturiy maxsulot muhandisi, kimdir dezayner, kimdir frontend developer, kimdir backend developer bo'lsa hamma o'z yo'nalishi bo'yicha guru bo'ladi.

Hozirgi kunda jamoa boʻlib ishlashni taʻminlab beruvchi dasturiy taʻminotlar va texnologiyalar juda ham koʻp. Dasturlashni jamoa boʻlib bajarish uchun Git, Jenkins, Scrum kabi texnologiyalarni misol qilishimiz mumkin.

Xulosa o'rnida yosh dasturchilarga shuni aytmoqchimanki, hozirgi kunda freelancer degan kasb ommalashmoqda. Hamma o'zicha uyida o'tirib bir nimalar qilishga harakat qilmoqda. Bu to'g'ri emas. Siz o'zingizga o'xshagan g'ayratli yoshlarni topib bir jamoaga birlashing. Kim lider bo'lishi muhim emas. Jamoa boshqaruvini teng taqsimlash ham mumkin. Hamma mehnatiga yarasha ulushga ega bo'ladi. Ana shundan keyin istasangiz chet eldan buyurtma olasiz, istasangiz mahalliy buyurtmalarni qilasiz. Umuman buyurtmaga ishlash bo'yicha fikrim ijobiy emas. Undan ko'ra biror bir loyihani o'zing jamoangiz bilan boshlab, faqat shu loyihani mukammallashtirish bilan shug'ullaning. Buni boshqa postda batafsil tushuntiraman nasib qilsa.

@samtuitsoft

Report Page