Jamoatchilik kengashi a’zolari tomonidan oliy ta’lim muassasalarining kirish imtihonlari o‘tkazish jarayonlari monitoring qilindi

Jamoatchilik kengashi a’zolari tomonidan oliy ta’lim muassasalarining kirish imtihonlari o‘tkazish jarayonlari monitoring qilindi


Ma’lumki, oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish uchun test va ijodiy (kasbiy) imtihonlar Internet tarmog‘ida jonli efirga uzatilishi belgilab o‘tilgan.

Korrrupsiyaga qarshi kurashish agentligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi a’zolari tomonidan mazkur talab ijrosi ta’minlanishini jamoatchilik asosida o‘rganish maqsadida masofaviy shaklda hamda bevosita joyiga chiqqan holda monitoring qilinmoqda.

Xususan, Kengash a’zolari 18-19-iyul kunlari kirish imtihonlari o‘tkazilayotgan “O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazmalar majmuasi hamda “Yoshlik” sport majmuasiga tashrif buyurdilar.

Jamoatchilik kengashi a’zolari imtihonlarning onlayn translyatsiya qilinishi, shaffofligi bilan bir qatorda, abituriyentlarga yaratib berilgan imkoniyatlar, jumladan tibbiyot xonalaridagi sharoitlar bilan ham tanishdilar.

Bundan tashqari, test sinovlariga kelgan ota-onalar uchun kutish joylari tashkil etilgani, u yerda imtihon jarayonlarini onlayn kuzatish imkoniyati yaratilganiga e’tibor berildi.

Monitoring yakunlari to‘g‘risidagi ma’lumot tez orada Jamoatchilik kengashining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari hamda Agentlik veb-saytida e’lon qilinadi.

 


Report Page