Jamoatchilik fikri asosida tadbirlarni shakllantirish (Tashabbusli budget) jarayoni natijalari

Jamoatchilik fikri asosida tadbirlarni shakllantirish (Tashabbusli budget) jarayoni natijalari

MoliyaPress

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13 apreldagi PQ-5072-son “Budget jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

 Sinov tariqasida 14 ta tuman va shaharda tegishli budget xarajatlarining 5% miqdorida mablagʻlar tashabbusli budget jarayoniga yoʻnaltirilishi;

2021-yil 1 iyuldan boshlab tuman (shahar)lar budgetlari qoʻshimcha mablagʻlarning eng kam miqdorini 10 foizdan 30 foizgacha oshirilishi; (30%)

Ushbu mablagʻlarni jamlash va sarflanishini nazorat qilish uchun barcha tuman va Shahar hokimliklari qoshida “Fuqarolar tashabbusi jamgʻarmasi” tashkil etilishi belgilandi;

2021 yilda eksperiment oʻtkazilayotgan tuman (shahar) budgeti xarajatlarining 5% miqdorida Respublika budgeti hisobidan ajratilgan mablagʻlar

 

Tuman (shahar)lar budgetlari qoʻshimcha manbalari hisobidan:

2021-yil boshiga shakllangan qoʻshimcha manbalarning kamida 10% hisobidan 40100 mln soʻm.

2021-yil 1-chorak yakunlariga koʻra qoʻshimcha manbalarning kamida 10% hisobidan 32818 mln soʻm.

2021-yil 1-yarim yillik yakunlariga qoʻshimcha manbalarning kamida 30% hisobidan 126646 mln soʻm.

Fuqarolar tashabbusi jamgʻarmasiga hammasi boʻlib 292,2 mlrd.soʻm mablagʻ yoʻnaltirildi (01.09.2021 holatiga)

Tashabbusli budget jarayoni natijalari joriy yilda sinov tariqasida 1 iyuldan 2 sentabrga qadar 3 bosqichda oʻtkazildi:

1-bosqich

Taklif qoldirish jarayoni

 Fuqarolar tomonidan bildirilgan takliflar soni: 41 125 ta

Sohalar kesimida (jami kelib tushgan takliflar soniga nisbatan):

Ichki yoʻllarni taʻmirlash – 34%

Umumta’lim maktablarini ta’mirlash va jihozlash – 17%

Koʻchalarni yoritish tizimi – 14%

Ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash – 11%

Boshqa takliflar -24%

 

2-bosqich

Takliflarni saralash jarayoni

 

Barcha takliflar tuman va Shahar hokimliklari qoshida tashkil etilgan ishchi guruh tomonidan moderatsiya jarayonidan oʻtkazildi

23 032 ta taklif qabul qilinib ovoz berish bosqichiga oʻtkazildi

18 063 ta taklif belgilangan me’zonlarga mos emasligi sababli rad etildi

 

*Tuman (shahar) budget mablagʻlarini jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarga yoʻnaltirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom talablariga muvofiq.

 

3-bosqich

Ovoz berish jarayoni

 Qabul qilingan takliflar doirasida ovoz berish jarayoni oʻtkazildi

Fuqarolar tomonidan jami 1 149 499 ta ovoz berildi

SMS xizmati orqali berilgan ovozlar 86%

Roʻyxatdan oʻtgan holda berilgan ovozlar 9%

Offlayn tarzda berilgan ovozlar 6% ni tashkil etdi

Tashabbusli budget yakunlariga koʻra

205 ta tuman va shaharda jami 881 ta takliflar gʻolib deb topildi*

Ushbu takliflarni moliyalashtirish uchun “Fuqarolar tashabbusi jamgʻarmasi” hisobidan 289,1 mlrd.soʻm mablagʻlar yoʻnaltiriladi.

 *jamgʻarmalarga qoʻshimcha mablagʻ ajratilishi hisobiga gʻolib takliflar soniga aniqlik kiritilishi mumkin


Tumanlar kesimidagi ma'lumotlar

Moliya vazirligi
Axborot xizmati

Report Page