Jamoa 2 yoshda

Jamoa 2 yoshda

GooDeeJaY

Salom UZPROBOYS jamoasining ashaddiy muxlislari!

๐ŸŽ Bugun bizning jamoa ko'z ochib yumguncha 2 yoshni urib qo'yibdi, o'zimimizani o'zimiz tabriklab qolgan holda yangiliklarni birma-bir e'lon qilishni boshlasak:

๐Ÿ“ˆ Ushbu yili jamoa o'z safini kengaytirgani hammangizga ravshan. Shu a'zolardan biri man, ya'ni Jasur Yusupov jamoaning 2 yoshga to'lganligi fursatidan foydalangan holda sizlarga @ChannelsListBot ni taqdim etaman.

๐Ÿค” Bu bot nima, yo'nalishi qanday va qanday funksiyani bajaradi degan savol sizda tug'ilishi mumkin โ“

๐Ÿ˜‰ Hozirda man sizlarga botning kelib chiqishi va yaratilish sabablarini bir boshidan boshlab sizlarga aytib o'taman.

๐Ÿ“– Telegram tarmog'ida kanallarning cheki yo'q, statistikaga ko'ra bir kunda 2000 ta kanal o'z ishini boshlar ekan ๐Ÿ˜ฒ

Hammamizga ma'lumki biror bir kanalga kirsak u yerda boshqa kanallar reklamasini ko'rib qolamiz va qiziqib u kanalga o'tib, bir qancha kanaldagi postlarni ko'rib, kanal bizga yoqib qolib "Join" tugmasini bosib qo'yamiz๐Ÿ˜.ย 

๐Ÿ™ƒ Ayniqsa ko'p kanallar kunning oxirida qo'yadigan MEGA deb ataluvchi kanallar ro'yxati kelib qolsa bormi, u yerdan bizga qiziq ko'ringan kanallarga birma-bir kirib yozilib qo'yamiz. Borib-borib Telegram ro'yxatimiz kanallar bilan to'lib ketadi๐Ÿ˜ฌ, biz u yerdan kelayotgan xabarlarni o'qishga ulgurmay shunchaki yonidagi chiqib qolgan "ko'k dumalog'ini" yo'q qilish uchun kanalga kirib qo'yamiz ๐Ÿ˜‚

๐Ÿ˜‘ Kunlarning birida manga bu tartibsizlik yoqmadi va man unchalik kerak bo'lmagan kanallardan birma-bir chiqib keta boshladim๐Ÿƒ, kanaldan chiqayotib "bu kanal ham qachondir kerak bo'lib qolar" deb uning linkini nusxa qilib oldim va uni o'zim uchun ochgan kanalga yozib qo'ydim. Shunday qilib 100 talab kanallar linklari kanalimda bir bo'lishdi. Bora bora ularni saramjonlay boshladim, ya'ni kanalning tematikasiga qarab ularni bo'limlarga ajratib chiqdim: Mashina rasmlarini tashlaydigan kanallar bir ro'yxatda, yangiliklar tashlaydiganlari bir ro'yxatda va hokazo. Borib-borib u yerga "kerak bo'lib qoladigan" kanallar yig'ilaverdi.ย 

Hadeb ro'yxatni yangilayverish esa odamga noqulayliklar yaratishni boshladi. Kanalga qo'yilgan post 3 kun ichida "edit" ya'ni o'zgartirilshi mumkin, keyin uni o'zgartirib bo'lmaydi. Yangi kanalni qo'shib qo'yish uchun postni nusxa qilib qayta tashashga tog'ri kelardi. Kunlardan bir kuni manga shu kanallar ro'yxatini boshqaradigan qulay bot yaratish g'oyasi kelib qoldi va man u g'oyani royobga chiqarish uchun harakatni boshladim. Shu shu @ChannelsListBot dunyoga keldi.

Report Page