“Jamiyatda ayol: muammo va yechimlar” tanlovi shartlari

“Jamiyatda ayol: muammo va yechimlar” tanlovi shartlari

@huquqiyaxborot_lotin

Tanlovga taqdim etiladigan materiallar 2022 yil 1 yanvardan 2022 yil 20 martga qadar bosma yoki elektron OAVda, teleradiokanallarda yoki shaxsiy bloglarda eʼlon qilingan bo‘lishi lozim.

Bunda xotin-qizlar huquqlari masalalari, yaratib berilayotgan imtiyoz va imkoniyatlar, shuningdek mavjud muammolar va ularning yechimi bo‘yicha takliflar yoritilishi zarur.

Ilmiy ishlar, seminar, trening, konferensiya, davra suhbatlari uchun tayyorlangan maʼruzalar, slaydlar, yirik janrdagi badiiy asarlar (qissa, roman, doston) qabul qilinmaydi.

Har bir ishtirokchidan ko‘pi bilan 3 tagacha material qabul qilinadi.

Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi hujjat va materiallarni 2022 yil 11 martdan 25 martga (o‘sha kuni ham) qadar @tanlovadliyabot telegram botiga yuborish talab etiladi:

 1. Ishtirokchi haqida maʼlumot

 2. Ishtirokchining fotosurati

 3. Tanlovda ishtirok etuvchi material (Word dasturida yozilgan matn yoki audio/video/fotofayl, faylning o‘zi yoki u joylangan sayt/fayl manbasiga havola)

Barcha materiallar eʼlon qilinganligi to‘g‘risida skrinshot, pdf-nusxa, havola bilan tasdiqlanishi kerak.

Tanlovga yuborilgan materiallar mavzuga to‘g‘ri va xolis yondashilganligi, mazmuni va taʼsirchanligi, dolzarbligi bilan bir qatorda sodda va tushunarli ekanligi, mavzuga doir faktlardan o‘rinli va unumli foydalanilganligi kabi mezonlar asosida hakamlar hayʼati tomonidan baholanadi. 

Har bir nominatsiya bo‘yicha 1 nafar ishtirokchi g‘olib deb topilib, “Xotin-qizlar huquqlari bo‘yicha dolzarb ikki oy” loyihasini yakunlash arafasida eʼlon qilinadi hamda diplom va quyidagi esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi:

  • Eng yaxshi jurnalistik material uchun - televizor;
  • Eng yaxshi blogpost uchun - blender to‘plami;
  • Adliya eʼtirofi - multivarka.


Report Page