Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining bitiruvchi kurs talabalari uchun tadbir bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 15-noyabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining bitiruvchi kurs talabalari uchun “Xalqchil davlat fuqarolik xizmatiga ochiq yo‘l” shiori ostida targ‘ibot-tashviqot tadbiri o‘tkazildi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi vakillari bilan bir qatorda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Inson resurslarini rivojlantirish va xodimlarni ma’murlash departamenti mutaxassislari S.Hasanov va K.Mansurova ishtirok etdi.
Talabalarga qobiliyatli yoshlarni davlat xizmatiga jalb qilish, bitiruvchilarni saralab olish, ularning stajirovkasini tashkil etish va keyinchalik zaxiraga kiritish tizimi yuzasidan ma’lumot berildi.
Tadbir yakunida talabalar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida stajirovka o‘tash va istiqbolli kadrlarni davlat fuqarolik xizmatiga tanlov asosida qabul qilish bilan bog‘liq savollariiga atroflicha javob olishdi.
Molya vazirligi
Axborot xizmati