Jahon banki vitse-prezidenti bilan uchrashuv. Uning doirasida "Obod qishloq" loyihasi bo'yicha 100 million AQSh dollarlik zayom bitmi

Jahon banki vitse-prezidenti bilan uchrashuv. Uning doirasida "Obod qishloq" loyihasi bo'yicha 100 million AQSh dollarlik zayom bitmi


Joriy yilning 17 yanvar kuni Bosh vazir o'rinbosari-moliya vaziri Jamshid Kuchkarov va Jahon banki vitse-prezidenti Siril Myuller o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuv davomida, 2019 yilda mamlakatning hayotida bo`lib o`tgan moliyaviy-iqtisodiy o`zgarishlar, davlat budjetining qonun shaklida qabul qilinishi va yangi soliq kodeksi muhokama qilindi.

Janob Myuller, 2020 yil uchun Davlat budjeti to'g'risidagi qonun qabul qilinganligi mamlakatning iqtisodiy hayotidagi o'zgarishlarni davom ettirish zarur va samarali ekanligini ta'kidlab o'tdi.

Uchrashuv doirasida, Farg'ona, Andijon, Namangan, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarining qishloq tumanlari ijtimoiy infratuzilmasi va aholi turmush darajasini yaxshilashga qaratilgan "Obod qishloq" dasturi bo'yicha 100 million AQSh dollarlik Zayom bitmi imzolandi.


Report Page