Jahon banki vakillari bilan uchrashuv

Jahon banki vakillari bilan uchrashuv

MoliyaPress

Jahon banki vakillari bilan uchrashuv

 

11-mart kuni Moliya vaziri Timur Ishmetov Jahon bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Marko Mantovanelli bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Jahon banki bilan hamkorlikda amalga oshirilgan loyihalar portfeli, ishlab chiqilayotgan istiqbolli tashabbuslar va DPO-4 (Taraqqiyot siyosati operatsiyasi)ni qo‘llab-quvvatlash dasturi loyihasi ham muhokama qilindi. Shuningdek, bank tomonidan texnologik ko'mak doirasida muntazam ishchi uchrashuvlar tashkil etish va qo'shma dasturlarni amalga oshirishda o'zaro hamkorlikni shakllantirish yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, Jahon banki vakillari 6 aprel kuni jahon banki va xalqaro valyuta jamg'armasining bahor uchrashuvlari doirasida bo'lib o'tadigan mintaqada "yashil" o'zgarishlarni jadallashtirish uchun pandemiyadan keyingi tiklanish jarayonidan foydalanishga bag'ishlangan Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari moliya vazirlarining tashkiliy yig'ilishlari tafsilotlarini taqdim etdilar.

 

Ma’lumot uchun: JB va XVFning 2021-yilgi bahorgi uchrashuvlari 5–11-aprel kunlari onlayn tarzda ushbu muassasalar faoliyatidagi taraqqiyotni muhokama qilish uchun bolib otadi. Uchrashuvlar doirasida bir qator tematik tadbirlar –xalqaro taraqqiyot, iqtisodiyotni tiklash, koronavirusga qarshi emlash va iqlim ozgarishi muammolariga bagishlangan forumlar, shuningdek brifinglar va matbuot anjumanlari o‘tkazilishi ham rejalashtirilgan.

 

Moliya vazirligi

Axborot xizmati

 

Report Page