Jahon banki Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasidagi migratsiya masalalari bo‘yicha yangi tadqiqotni taqdim etdi

Jahon banki Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasidagi migratsiya masalalari bo‘yicha yangi tadqiqotni taqdim etdi

World Bank Uzbekistan

Русский English

Toshkent, 5-mart 2025-yil – Jahon banki Yevropa va Markaziy Osiyo (YeMO) mintaqasidagi migratsiyaning zamonaviy tendensiyalari, muammolari va imkoniyatlari tahlilini o‘z ichiga olgan yangi tadqiqotni taqdim etdi. Hisobot taqdimotida tashqi migratsiyani tartibga solish uchun mas’ul davlat organlari vakillari, shuningdek, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistondan ekspertlar ishtirok etishdi.

Migratsiya dunyo migratsiya aholisining uchdan bir qismi – 100 million muhojir yashaydigan YeMO mintaqasining rivojlanishi uchun muhim masala bo‘lib qolmoqda. Daromadlar o‘rtasidagi tafovut, demografik nomutanosiblik, iqlim o‘zgarishi va qurolli mojarolar butun dunyo bo‘ylab migratsiya oqimining o‘sishiga hissa qo‘shishda davom etmoqda.

2023-yil holatiga ko‘ra, tojikistonlik va qirg‘izistonlik mehnat muhojirlarining 80 foizdan ortig‘i Rossiyaga yo‘l olgan. O‘zbekistonlik muhojirlar oqimi ko‘proq diversifikatsiyalangan: 57 foizi Rossiyada, 15 foizi Qozog‘istonda va 10 foizi Ukrainada ishlaydi.

Markaziy Osiyo mamlakatlarida mehnat migratsiyasi millionlab fuqarolar uchun asosiy daromad manbalaridan biri bo‘lib qolmoqda. 2024-yil holatiga ko‘ra, mehnat muhojirlarining pul o‘tkazmalari Tojikiston yalpi ichki mahsulotining 45 foizini tashkil etdi – bu nisbiy ma’noda dunyodagi eng yuqori ko‘rsatkichdir. Qirg‘izistonda pul o‘tkazmalarining YaIMdagi ulushi 24 foizga, O‘zbekistonda esa 14 foizga yetdi.

Ushbu mamlakatlardan kelgan muhojirlar chet elda ishlash orqali o‘z daromadlarini ikki yoki uch baravar oshirishlari mumkin, bu esa ularning oilalari turmush darajasini sezilarli darajada yaxshilaydi. Xususan, Qirg‘izistonda pul o‘tkazmalari oladigan uy xo‘jaliklari orasida kambag‘allik darajasi 10 foizdan kam, ularsiz esa 50 foizdan oshgan bo‘lardi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari bo‘lmaganda mamlakatdagi kambag‘allik darajasi 9,6 foizdan 16,8 foizga oshishi mumkin.

Jahon bankiningOldinga yo‘l: Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasida muvaffaqiyatli migratsiyani qo‘llab-quvvatlashhisobotida YeMO mintaqasidagi migratsiya tendensiyalari va ularning davlat siyosatiga ta’siri atroflicha tahlil qilingan. U aholining transchegaraviy mobilligining afzalliklari va muammolari bo‘yicha yanada muvozanatli va dalillarga asoslangan munozaralarni shakllantirishga hissa qo‘shadi.

Oqilona boshqaruv yo‘lga qo‘yilsa, migratsiya YeMO mintaqasidagi ijtimoiy-demografik nomutanosibliklarni bartaraf etishning muhim vositasi bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Biroq, uning iqtisodiy salohiyatidan hali to‘liq foydalanilmayapti, deyiladi hisobotda.

Migratsiyani samarali tartibga solish va uning afzalliklarini adolatli taqsimlashda xalqaro muvofiqlashtirish muhim rol o‘ynaydi.

Hisobotda quyidagi davlat siyosati choralari taklif etilgan:

Tegishli davlat siyosati choralarini ishlab chiqish uchun migratsiyaning har xil turlarini belgilash.

Ushbu chora-tadbirlar yuqori malakali va past malakali muhojirlar, shuningdek, iqtisodiy imkoniyatlarni izlayotganlar va qurolli mojarolar tufayli o‘z mamlakatini tark etishga majbur bo‘lganlar o‘rtasidagi farqlarni hisobga olishi kerak. Ushbu sohadagi siyosat ilmiy ma’lumotlarga asoslanishi, ham milliy, ham mintaqaviy darajada muvofiqlashtirilishi lozim.

Mehnat unumdorligini oshirish, inson kapitalini rivojlantirish, shuningdek, fuqarolar va iqtisodiyot farovonligini oshirish maqsadida mahalliy mehnat resurslari raqobatbardoshligini oshirish strategiyasida migratsiyaning turli jihatlarini integratsiyalash

Milliy darajada bu ichki mehnat bozorini rivojlantirish bo‘yicha mavjud dasturlar doirasida zarur ko‘nikma va bilimlarni egallash imkoniyatlarini ta’minlash, shuningdek, mehnat migrantlari oqimini istiqbolli tashqi bozorlar ehtiyojlariga muvofiq samarali taqsimlashga qaratilgan immigratsiya strategiyalarini ishlab chiqishni nazarda tutadi.

Migratsiyaning tegishli jihatlarini milliy ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish strategiyalariga integratsiyalash orqali “aql oqimi” tendensiyasini “aql o‘sishi”ga aylantirish.

Migrantlarning o‘z yurtlaridagi davlat organlari mehnat bozori ehtiyojlari monitoringini amalga oshirish va talab yuqori bo‘lgan mutaxassislarni tayyorlash uchun ta’limni birgalikda moliyalashtirish mexanizmlarini joriy etish orqali bunga hissa qo‘shishlari mumkin.

Shuningdek, mehnat bozorini isloh qilish va xorijda ish tajribasiga ega bo‘lgan mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash choralarini ishlab chiqish orqali malakali migrantlarning o‘z mamlakatiga qaytishini rag‘batlantirish zarur.

Xavfsiz va tashkillashtirilgan migratsiya mexanizmlarini rivojlantirish.

Migrantlarning o‘z mamlakatlarida ro‘yxatga olish tizimlarini joriy etish va migrantlarni qabul qiluvchi davlatlar bilan chet elda ishlayotgan fuqarolarning huquqlarini himoya qilishga qaratilgan ikki tomonlama shartnomalar tuzish muhimdir. Aholini boshqa mamlakatlarda ishga joylashish imkoniyatlari to‘g‘risida ishonchli axborot bilan ta’minlash zarur.

Migrantlarning o‘z mamlakatlaridagi davlat organlari o‘z fuqarolarining ijtimoiy ta’minoti va sug‘urtasi bo‘yicha to‘lovlarning migrantlarni qabul qiluvchi davlatlarga “transfer” qilinishiga erishish tavsiya etiladi.

 


Report Page