Jahon banki Oʻzbekistonda maishiy chiqindilarni barqaror boshqarishga koʻmaklashadi

Jahon banki Oʻzbekistonda maishiy chiqindilarni barqaror boshqarishga koʻmaklashadi

Sanitar tozalash ishlarini tashkil etish respublika markazi Matbuot xizmati

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri Aziz Abduhakimov Jahon bankining Atrof-muhit, tabiiy resurslar va moviy iqtisodiyot boʻyicha global direktori Valeriye Hiskey bilan uchrashdi. Uchrashuvda barqaror yashil iqlim borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

@sanitationuz

Valeriye Hiskey Jahon banki ilk marotaba koʻchib yuruvchi turlarni muhofaza qilishga bagʻishlangan konvensiyada ishtirok etayotganligini va Samarqandga kelganidan juda mamnunligini bildirdi.

Shuningdek, Oʻzbekistonda yovvoyi hayvonlarning yoʻqolib ketayotgan turlarini qayta tiklash borasida muhim ishlar qilinayotganini ta’kidladi.

Shu bilan birga, uchrashuvda chiqindilarni boshqarish sohasida olib borilayotgan islohotlar alohida qayd etildi. 

@sanitationuz

“Oʻzbekistonda chiqindilarni boshqarish sohasiga katta e’tibor qaratilyapti. Bu esa maqsadlarimiz mushtarak ekanligini anglatadi, - dedi Valeriye Hiskey. - Bundan tashqari, qattiq maishiy chiqindilarni boshqarish va ularni saralash, sohadagi tadbirkorlar va ishchilarning ham davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlanishi bizni Oʻzbekiston bilan hamkorlik qilayotganimizdan xursand qiladi”.

@sanitationuz

Oʻz navbatida Aziz Abduhakimov mamlakatimizda soha oldiga qoʻyilgan maqsadlar, xususan, chiqindilarni boshqarish tizimini samarali yoʻlga qoʻyish, aylanma iqtisodiyotni tatbiq etish va “nol chiqindi” tamoyilining muhimligi haqida soʻz yuritdi.

@sanitationuz

“Endi chiqindilar iqtisodiyotning qimmatli resursiga aylanadi. Biz har tomonlama manfaatli boʻlgan yashil jamiyat qurishni maqsad qilganmiz”,— dedi vazir.

@sanitationuz

Uchrashuv davomida 6 ta transchegaraviy muhofaza qilinadigan hududlarni barpo etishga qaratilgan loyiha muhokama qilindi. Bu loyiha noyob turdagi hayvonlarni qoʻriqlash, asrash bilan birga ekoturizmni rivojlantirishga ham katta hissa qoʻshadi.

@sanitationuz

Yakunda chiqindi sohasida yetakchi kompaniyalarni Oʻzbekistonga jalb qilish, sohaga Jahon banki tomonidan investitsiyalarni olib kirish hamda grantlar ajratilishi borasida oʻzaro hamkorlik qilishga kelishib olindi.

Sanitar tozalash ishlarini tashkil etish respublika markazi Matbuot xizmati

Report Page