Jaholatga qarshi ma'rifat
Jaholatga qarshi ma'rifat bilan kurashamiz!O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining 2o22 yil 18-noyabrdagi 2/18-1/3-74-sonli xati ijrosini ta'minlash maqsadida Shofirkon pedagogika kollejida 25-noyabr kuni yoshlar o‘rtasida diniy bag‘ri kenglik va millatlararo totuvlik g‘oyalarini keng targ‘ib qilish, yoshlarni dunyoviylik, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, hozirgi kunda yoshlar orasida uchrab turayotgan turli oqimlarga bilmasdan qo‘shilib ketish holatlari, hamda Vatanimiz ravnaqiga putur yetkazmoqchi bo‘lib turgan diniy ekstremizm va terrorizmning salbiy oqibatlari, ularni oldini olish, dinlar o‘rtasida o‘zaro ishonch, turli dinlarga e’tiqod qiluvchi insonlar o‘rtasida o‘zaro hurmat, teng huquqlik, tinchlik va totuvlikni targ‘ib qilish maqsadida "Jaholatga qarshi-ma'rifat" nomli ma'rifiy tadbir o'tkazildi.

Bugungi kunda muqaddas islom dinimizning insonparvarlik g‘oyalarini targ‘ib etish, “Jaholatga qarshi – ma’rifat” tamoyili asosida unib-o‘sib kelayotgan yoshlarimizni sog‘lom e’tiqod ruhida tarbiyalash yanada dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.

Tadbirga tashrif buyurgan "Ahad hoji Qilich o'g'li" Jome' masjidi Imom xatibi S.Rajabov, Nekkishi MFY Otinoyisi S.Hakimova, Nekkishi MFY xodimi G.Tolibova, kollej direktorining O'TIBDO' B.Mustaqimovlar so‘zga chiqib, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat bilan qaraydigan, qat’iy hayotiy e’tiqod va qarashlarga ega bo‘lgan, milliy mentalitetimizga yot zararli ta’sirlarga qarshi turishga qodir yoshlarni tarbiyalashga, dunyo hamjamiyatini tashvishga solayotgan, din niqobi ostida faoliyat olib borayotgan turli diniy ekstremistik tashkilotlarning yoshlarni aldov yo‘li bilan o‘z saflariga qo‘shib olayotganidan, o'quvchi-yoshlarni bunday guruhlar tahdididan doimo ogoh va hushyor bo‘lishi kabilar to‘g‘risida fikr va mulohazalarni bildirib, Islom dini insoniyat, jamiyatimizda faqatgina mehr-muhabbat, do‘stlik, ezgu ishlarni amalga oshirishga da’vat etuvchi yagona din ekanligini, bugungi kunda tinch va osuda osmon ostida yashab, bilim olayotganimiz uchun doimo shukronalik hissi xech birimizni tark etmasligi lozimligini ta’kidlab o‘tdilar.

Shuningdek, tadbirda O‘zbekistonda davlat va din munosabatlari, huquqiy, madaniy, savodxonlik, radikalzm, ekstremizm, terrorizmga qarshi kurash hamda yoshlarga oid davlat siyosati masalalari bo’yicha tushuntirildi.

Tadbir davomida ""Mehr" insonparvarlik operatsiyasi" nomli videorolik tadbir ishtirokchilariga namoyish etildi.

Tadbir so‘nggida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar va yoshlar o‘rtasida bu kabi uchrashuvlarni tez-tez tashkil qilish va o‘tkazib turishga kelishib olindi.



Shofirkon tumani hokimligi axborot xizmati