JORIY YIL GAZLASHTIRISHGA OID UCH YUZ ELLIKKA YAQIN LOYIHA-SMETA HUJJATLARI TAYYORLANDI

JORIY YIL GAZLASHTIRISHGA OID UCH YUZ ELLIKKA YAQIN LOYIHA-SMETA HUJJATLARI TAYYORLANDI

 

  “Hududgaz Navoiy” gaz taʼminoti filiali qoshidan tashkil etilgan loyiha bo‘limida olti nafar xodim ish faoliyatini olib boradi. Bu yerda ulgurji hamda aholi isteʼmolchilarning gazlashtirishga oid arizalari o‘rganilib, loyiha-smeta hujjatlari tayyorlab berish jarayonlari amalga oshiriladi.

Jumladan, joriy yilning o‘tgan davri davomida 161 ta ulgurji, 180 yaqin esa aholi isteʼmolchilarning gazlashtirishga oid murojaatlari ko‘rib chiqilib, loyiha-smeta hujjatlari tayyorlab berildi.

-        Bundan tashqari, 2024 yil Davlat dasturiga kiritilgan viloyat hududidagi 7 ta obyektni mukammal taʼmirlash va rekonsruksiya qilish ishlari loyiha smeta hujjatlari tayyorlab berildi, - deydi loyiha bo‘limi bosh muhandisi Maʼruf Rayimov. – Shuningdek, hozirda Zarafshon shahridagi tashkil qinayotgan “Yangi O‘zbekiston” massivining gaz loyiha-smeta hujjatlari tayyorlanishi ustida ishlayapmiz. Loyihalash yakuniga yetdi, ekspertiza tekshirish jarayonlari davom etyapti. Shu bilan birga Karmana, Xatirchi, Qiziltepa tumanlaridagi eskirgan gaz quvurlarini yangisiga almashtirish, rekonstruksiya qilish ishlari olib borilmoqda.

 Aytish kerakki, loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlashda gazlashtirish rejalashtirilgan hudud bo‘lim xodimlari tomonidan borib o‘rganiladi. Gazlashtirish talabiga mos tushmagan holatlar bo‘lganda bu haqida isteʼmolchiga tushuntirish beriladi. Masalan, yerto‘lalarga gaz uskunalarini qo‘yish mumkin emas. Bu turli baxtsiz hodisalarga sabab bo‘lishi mumkin. Barcha talablarga muvofiq kelishi o‘rganilgandan so‘nggina, gazlashtirish uchun loyiha-smeta hujjatlari tayyorlashga kirishiladi.

Maʼlumot o‘rnida keltirish joiz, kelgusi oylardan boshlab loyihalashni elektron tarzda olib borish rejalashtirilgan. Bunda loyiha-smeta hujjatlari qog‘ozda emas, elektron tarzda tayyorlanib tadbirkor yoki aholi isteʼmolchisiga yetkaziladi.

  

“Hududgaz Navoiy” gaz taʼminoti filiali

 matbuot xizmati

 




Report Page