JISMONIY MADANIYAT FAKULTETI JAMOASI USTOZLARNI XOTIRLADILAR

JISMONIY MADANIYAT FAKULTETI JAMOASI USTOZLARNI XOTIRLADILAR

Jismoniy madaniyat fakultetining Matbuot xizmati

Inson, millat va xalq tarixiy xotira tuyg'usi bilan barhayotdir. Xotira – kechagi o'tmishni, ajdodlar o'gitini, milliy merosimizni anglatib turuvchi – muqaddas kitob zarvaraqlaridek hayotimizni yoritib turadi. Qadr – insonni yuksaklikka ko'taradi, uning faoliyatiga, orzu-intilishlariga, maqsad-maslaklariga olijanoblik bag'ishlaydi. Bukilmas iroda va jasorat namunasini amalda namoyon etib, o'z hayotini aziz Vatanimizning har tomonlama ravnaq topishi, bugungi tinch va osoyishta kunlar uchun jonini fido qilgan ajdodlarning muqaddas xotirasini yod etib, ezgu ishlarini davom ettirish, safimizda yurgan keksalarni e'zozlash – odamiylikning eng oliy mezoni va bizga tinchlik, omonlik kerak, deb yashaydigan bag'rikeng va olijanob xalqimizga xos azaliy qadriyatdir. 2021-yil 5-may kuni Buxoro davlat universiteti, Jismoniy madaniyat fakultetining dekani B.B.Ma'murov, dekan o‘rinbosari I.I.Saidov hamda fakultetning professor-o‘qituvchilari rahmatli ustozlar Atoyev Abdullo Qodirovich va Burnashev Irek Izzatullayevich qabrlarini ziyorat qilishdi. O'tganlarning haqqiga Qur'on tilovat va duolar o‘qildi. So'ngra fakultet jamoasi rahmatli ustoz Atoyev Abdullo Qodirovichning xonadonlariga tashrif buyurib, ustozni yaxshi va ezgu ishlarini xotirladilar.

Jismoniy madaniyat fakultetining Matbuot xizmati

Report Page