JEON CLASS๐Ÿšญ

JEON CLASS๐Ÿšญ

#๐—ฃ๐—ฎ๐—ฟ๐—ธ_๐—ฌ๐—ผ๐—ป๐—ฎ

๐–ค๐–ฏ- 1 .



- qizaloq ๐–ป๐—Ž ๐—’๐–พ๐—‹๐–ฝ๐–บ๐—‡ ๐—Š๐—ˆ๐–ผ๐—๐—‚๐—Œ๐— ๐—‚๐—†๐—„๐—ˆ๐—‡๐—Œ๐—‚๐—“, ๐—†๐–พ๐—‡ ๐—ƒ๐—Ž๐–ฝ๐–บ ๐—„รต๐—‰ ๐–ป๐—ˆ๐—‹๐–บ ๐—Ž๐—‹๐—‚๐—‡๐—€๐–บ๐—‡๐—†๐–บ๐—‡.

๐–ฐ๐—ˆ๐—‹๐—ˆ๐—‡๐—€๐—Ž ๐—๐—ˆ๐—‡๐–บ ๐–ป๐—Ž๐—‹๐–ผ๐—๐–บ๐—€๐—‚๐–ฝ๐–บ ๐—Šรต๐—…๐—‚๐–ฝ๐–บ๐—€๐—‚ ๐—„๐—‚๐–ผ๐—๐—‚๐—„ yoฤŸochni ๐—๐–พ๐—„๐—Œ๐—๐—‚rayotgan Mingyu ๐–ป๐—Ž ๐—’๐–พ๐—‹๐—€๐–บ ๐–ป๐—Ž๐—€๐—Ž๐—‡ ๐—ˆ๐—…๐—‚๐–ป ๐—„๐–พ๐—…๐—‚๐—‡๐—€๐–บ๐—‡ Minaga ๐—„รต๐—“ ๐—ˆ๐—Œ๐—๐—‚๐–ฝ๐–บ ๐—Š๐–บ๐—‹๐–บ๐–ฝ๐—‚.

- ๐—Œ๐—๐—Ž๐—‡๐—‚๐—‡๐—€ ๐—Ž๐–ผ๐—๐—Ž๐—‡ ๐—Š๐—ˆ๐–ผ๐—๐—‚๐—Œ๐—๐—€๐–บ ๐—Ž๐—‹๐—‚๐—‡๐—†๐–บ, ๐—†๐–พ๐—‡๐—‚ ๐—๐–บ๐—† ๐—ˆ๐—‚๐—…๐–บ๐—†๐–ฝ๐–บ๐—‡ ๐–บ๐—’๐—‹๐—‚๐–ป ๐–ป๐—Ž ๐—’๐–พ๐—‹๐—€๐–บ ๐—ˆ๐—…๐—‚๐–ป ๐—„๐–พ๐—…๐—‚๐—Œ๐—๐—€๐–บ๐—‡๐—‚๐–ฝ๐–บ ๐—Œ๐–พ๐—‡๐–ฝ๐–พ๐—„ ๐–บ๐—๐—๐—ˆ๐—…๐–ฝ๐–บ ๐–พ๐–ฝ๐—‚๐—†,

- ๐—๐–บ๐—Š๐–ฝ๐—‚๐—‹๐—‚๐—†๐—‚๐—“ ๐—‡๐—‚๐—†๐–บ ๐–ปรต๐—…๐–บ๐–ฝ๐—‚ ๐–บ๐—๐—‹! ๐–ก๐—Ž ๐—’๐–พ๐—‹๐–ฝ๐–บ ๐—ˆ๐–ฝ๐–ฝ๐—‚๐—’ ๐—๐–บ๐—…๐—Š ๐—Ž๐—’๐—…๐–บ๐—‹๐—‚๐—€๐–บ ๐–ป๐—ˆ๐—†๐–ป๐–บ ๐—๐–บ๐—Œ๐—๐—…๐–บ๐—‡๐—’๐–บ๐–ป๐–ฝ๐—‚! ร•๐—Œ๐—†๐—‚๐—‹๐—…๐–บ๐—‹๐—‡๐—‚ ๐—ˆ๐—‚๐—…๐–บ๐—Œ๐—‚๐–ฝ๐–บ๐—‡ ๐–บ๐—’๐—‹๐—‚๐–ป ๐–ป๐—Ž ๐—„๐—‚๐—†๐—Œ๐–บ๐—Œ๐—‚๐—“ ๐—’๐–พ๐—‹๐—€๐–บ tรตp๐—…๐–บ๐—Œ๐—๐—’๐–บ๐–ป๐–ฝ๐—‚! ๐–ญ๐–พ๐—€๐–บ??!!

- ๐–ป๐—Ž ๐—’๐–พ๐—‹๐–ฝ๐–บ ๐–พ๐—‡๐–ฝ๐—‚ ๐–ป๐—‚๐—‹๐—€๐—‚๐—‡๐–บ ๐—†๐–บ๐—Š๐—Œ๐–บ๐–ฝ๐—‚๐—‡๐—€ ๐–ปรต๐—…๐—‚๐—Œ๐—๐—‚ ๐—„๐–พ๐—‹๐–บ๐—„, ๐—๐–บ๐—‹ ๐—’๐—‚๐—…๐—‚ ๐–ป๐–บ๐—‹๐–ผ๐—๐–บ ๐—Œ๐—๐—Ž ๐—„๐–บ๐—๐—๐–บ ๐—๐—Ž๐–ฝ๐—Ž๐–ฝ๐—…๐–บ๐—‹๐—‡๐—‚ ๐–ป๐—ˆ๐—Œ๐—๐—Š๐–บ๐—‹๐—‚๐–ป ๐—๐—Ž๐—‹๐—Ž๐—๐–ผ๐—๐—‚ ๐—‚๐—‡๐—Œ๐—ˆ๐—‡lar ๐—†๐—‚๐—‡๐—€๐—…๐–บ๐–ป รต๐—Š๐—Ž๐—๐–ผ๐—๐—‚lar๐–ฝ๐–บ๐—‡ รตz hududlari uchun ๐–ฟ๐–บ๐—Š๐–บ๐—๐—€๐—‚๐—‡๐–บ 100 ๐—„๐—‚๐—Œ๐—๐—‚๐—‡๐—‚ ๐—๐–บ๐—‡๐—…๐–บ๐–ป ๐—ˆ๐—…๐—‚๐—Œ๐—๐–บ๐–ฝ๐—‚,

- ๐–บ๐—€๐–บ๐—‹... ๐–ฌ๐–พ๐—‡ ๐—๐–บ๐—‡๐—…๐–บ๐—‡๐—†๐–บ๐—Œ๐–บ๐—†๐–ผ๐—๐—‚..?

Yigit ๐—„รต๐—“๐—‚๐—‡๐—‚ yoฤŸochdan ๐—Ž๐—“๐—‚๐–ป ๐—Š๐—‚๐—“๐—€๐–บ ๐—‡๐—‚๐—€๐—ˆ๐—๐—…๐–บ๐—‹๐—‚๐—‡๐—‚ ๐—Š๐–บ๐—‹๐–บ๐—๐–ฝ๐—‚.

- รต๐—…๐–บ๐—Œ๐–บ๐—‡.. Biroq tanlansang ham.. Jeon hududiga tushsang รตldim deyaver,

- Jeon hududi?

Honaning burchagidan turgan Mina sekin qadamlar bilan Mingyu yoniga joylashdi.

- Men bilishni istayman! Menga bu yer haqida barcha narsani aytib ber!

Mingyu tekislangan yoฤŸochni qรตyib qarshisidagi qizni zimdan kรตzdan kechirdi.

- Mina, - jiddiylik bilan boshladi u - tirik qolishga harakat qil, bunga bor kuchingni sarfla,

- nima haqida gapiryabsan? Menga aniqlik kerak!

- chiroyli ovozing, รตziga tortuvchi raqsga tushishni bilishing kerak,

Bu gaplardan sรตng qiz yuzi รตzgarib qoshlari รตyildi.

- bular nega kerak?! Menda bulardan birortasi ham yรตq!

- unda kuchli va qรตrqmas bรตlishing zarur, รตzingni himoya qila olasanmi?

Mingyu jiddiylik bilan gapirarkan รตrnidan turib chetda joylashgan kichik yotoq ustiga รตtirdi. Uning yonidagi kichik tumbadan daftarchasini olib qayta Mina tomon nigohlarini qaratdi.

- bu yerning boshliqlariga faqatgina iste'dodli yoki kuchlilar kerak, qolganlarni esa รตldirishadi shuning uchun omon qolishga harakat qil..

- bu yerning boshliqlari kim? Nega ular bizni oilamizdan ayrib bu yerga olib kelishyabdi?!

Mina jahl bilan รตrnidan turgach asabiy baqirib devorni mushtladi. Yana bir ikki bor unga zarba bergach jahl bilan nafas ola boshladi.

- Sen nega bunchalik hotirjamlik bilan gapiryabsan a??!! Mening ota-onamni kรตz รตngimda otib tashlashdi. Ukam esa ularning qรตlida. U hali kichkina! Uni qutqarishim kerak!! - รตzini bosa olmayotgan qiz honani tรตldirgancha irillab รตshqirdi - Bu yerdan chiqaringlar meni!!! La'natilarr!!

- รตzingni bosib ol!

Darhol qiz yoniga kelib uning bilagidan kuch bilan tortgan Mingyu, qizni devorga tirab uning oฤŸzini berkitdi.

- bunday tez taslim bรตluvchilarni tez รตldiradilar!! ร•zingni zaif kรตrsatma!! Birgina hatoying sabab รตlib ketishing mumkin!!

Mina uning baquvvat qรตllari orasida siqilib tipirchilagancha chiqa olmagach, tizzasi bilan yigitga zarba berdi. OฤŸriqdan irillagan Mingyu biroz ortga tisarilib qoldi.

- Men ukamni topishim kerak! Va mana shu hududdan uni ham birga olib ketaman! Ota-onamga uni himoya qilishga va'da berganman!!

Tartibsiz nafas olayotgan Mingyu pastdan Minaga nazar tashlagach lablarini tishladi.

- yaxshi.. senga yordam beraman.. - ortga รตgirilgancha davom etdi u - shu hafta ohirida saralab olinamiz.. men bunga qattiq tayyorlandim..

Bint รตralgan barmoฤŸini tekshirgan yigit oฤŸir hรตrsindi.

- Sen ham men bilan bir hududga tushishing kerak, ertadan mashฤŸulotlar boshlanadi va doimo yonimda bรตl, tushunarlimi?

Mina biroz sukut bilan unga tikilib turgach sochlarini barmoqlari orasiga siqib hรตrsindi.

- ukamni topishimga yordam berasanmi?

- harakat qilaman, lekin avval รตz joningni saqlashga harakat qil

Yotoqga charchoq bilan yotgan Mingyu shiftga รตychan termuldi.

- bir yildan buyon oilamni kรตrmadim, hech kimim qolmadi, terroristlar barcha yerni harobaga aylantirdilar!

- nega bu yerdan qochib ketmading?

Minaning savolidan sรตng sekinlik bilan u tomon nigohlarini qaratgan Mingyu asabiy yutindi.

- bu imkonsiz! Kรตp bora urindim! Qochayotgan vaqtimizda bizni ushlab olishgandi keyin sheriklarimni otib tashlashdi,

- sen nega tirik qolding unda??

Ichidagi savollarga javob olishni istagan Mina darhol รตz yotoฤŸiga รตtirdi.

- Men kuchli bรตlganim sabab olib qolishdi, mana shu saralash uchun qattiq tayyorlandim, eng kuchli hududga tushishim kerak

- eng kuchli hudud kimniki? - Mina qoronฤŸu honadan bezovtalana boshlagandi - aniqroq gapir!

- barcha hududlar kuchli biroq hech kim Jeon hududiga tushishni hohlamaydi...

- u yerning boshliฤŸi kim?

Mingyu kรตzlarini Minaga tikdi. Biroz sukut saqlagan yigit kรตzlarini yumib oldi.

- Jeon Jungkook, uning hududi eng kuchlisi biroq รตsha yerga tushsang รตldim deb hisoblayver


Timeskip โžก๏ธ


04:59. | 57.58.59.00. | 05:00!



Ulkan bino ichidagi qizil chiroq yonishi bilan har tomondan qattiq signal ovozi yangrashni boshladi. Mahsus kiyimdagi sovuq yuzli qurollangan erkaklar yรตlak bรตylab yurgancha honalar eshigini qattiq qoqa boshladilar.

- vaqt bรตldi!! Hamma uyฤŸonsin!!

Barcha bir hil eshiklardagi yigit va qizlar honasidan chiqib รตsha yerga saf tortisharkan, yรตlak ohiridagi Mingyu yonida biroz asabiy titroq bilan turgan Mina ular tomon yaqinlashayotgan erkaklardan lablarini qimtidi.

- 589 raqam, sheriging qayerda?

Safda turganlarni birin-ketin tekshirayotgan sovuq yuzli erkak, pastdan kรตzlarini uzmay turgan yigit yonida tรตhtadi. Yigit qรตllari qaltiragancha honasi tomon ishora qilgach erkak uni turtib eshikni zarb bilan tepib ochdi. Barchaning nigohlari hona ichiga qaratilarkan, qoronฤŸu hona burchagida oฤŸriqdan ingrayotgan qiz darhol ortga tisarildi.

- 590, nega safda emassan?!

Mina bunday qattiq muomala bรตlishini kutmagani sabab endi qรตrqishni boshladi. ร•z kiyimi ustidagi raqamga qarab 601 raqam ekanligini bilib yutinib qรตydi.

- u yaralangan, - erkak boyagi yigit qarshisiga turib shivirladi - nega buni yashirding?

Qรตrqinchili visirlashdan chรตchigan yigit tezlikda bosh silkib nafasini ichiga yutishga urinardi. Qรตrqayotganini sezdirmasligi kerak. ร•zini tutgan yigit honasi ichiga รตgirildi.

- u... menga hech nima demagandi.. men bu haqida bilmasdim..

- shundaymi? Unda yaxshi,

Barchasini bilib tursada lab chetida kulgan erkak sherigiga ishora qilgach, honadagi qizni zal รตrtasiga olib chiqib tashlashdi. MashฤŸulotlarda oyoฤŸiga sanchilgan temir sabab holsizlanib qolgan qiz endi ovoz chiqarib yiฤŸlamoqda.

- u yaroqsiz, - erkak qizga sovuq nigohlarini tikgach sherigiga qaradi - yรตqot,

ร•q ovozi. Yerga qulagan jasad barchaning titrashiga sababchi bรตldi. Qiz peshonasidan oqgan qirmizi qon Mina oyoqlari yaqiniga kelgach erkak u tomon nazar tashlab qรตydi. Jiddiylik bilan turgan Mingyu qizning qaltirayotgan qรตlidan sezdirmagan holda qattiq ushlab kรตz chetida unga qararkan qizning qรตrquv tรตlgan kรตzlarini kรตrdi. Tirik insonni kรตz รตngida ikkilanishsiz otib tashlash. Vaxshiylik.

- Sen esa, - boyagi erkak murda qizning sherigiga yaqin keldi - bugungi saralashda Jeon Hududiga tushasan, yolฤŸoning uchun..

- tรตฤŸirlan!

Ikkinchi erkakning baland ovozidan sรตng barcha รตng tomonga yuzlanib bir-birining ortiga qaragancha jim qoldilar. Ayni dam barchalarining hayoli "Saralash"da edi. U bugungi deb aytdi. Ahr bunga 1hafta vaqt bor edi. Barcha hayronligini sezdirmaslikga urinib turarkan, erkak hushtak chalishi bilan zal bรตylab tashqariga yurib ketdilar.


โžก๏ธ Kechgi vaqt. 20:30.



- Jin ursin!!

QoronฤŸu honada asabiylashayotgan qiz sochlarini qattiq changallagancha irilladi.

- Saralash bugun ekanini nega aytishmadi?!

- endi foydasiz, - boyadan buyon sukut saqlayotgan Yona yotoฤŸidan turdi. - hozir bizni chaqirishadi,

- Yona? Iltimos รตldirishlariga yรตl qรตyma,

Mikasa qarshisiga kelgan qizga qarab turgach uni qattiq quchoqladi. Uni yรตqotishdan qรตrqmoqda. Yona ham uni qucharkan oฤŸir nafas chiqardi.

- sen albatta รตtasan, ahr qanday kuchlisan, ularga aynan sendaki yoshlar kerak,

- Yona sensiz hech qayerga ketmayman! Sening iste'doding bor! Ajoib kuylay olishingga ishonaman!

Mikasa qizni baฤŸridan chiqarib uning yelkalaridan siqib dalda bergach Yona biroz kuldi.

- Mikasa, sendek kuchli bรตlganimda buning iloji bรตlarmidi, lekin mendanda iste'dodlilar juda kรตp bu yerda, minglab yigit va qizlardan atigi 100 kishi tanlanadi,

- Sen รตsha 100 kishilardan birisi bรตlasan! Sening ovozing ajoib! Sen albatta รตtasan!

- biroq รตzimni himoya qila olmayman, qรตrqoqligimni bilib qolishsa meni... รตldiradilar

- yoningda men borman va hech qachon bunday bรตlmaydi!

Qayta Yonani quchoฤŸiga olgan Mikasa oฤŸir yutindi. Ayni dam hona shiftidagi qizil chiroq yonib รตchishi bilan ular sergak tortdilar. Yonaning kรตzlari allaqachon qรตrquvga tรตlgandi. Chiroqdan nigohlarini olgan Mikasa Yonaning yuzini kafti ichiga oldi.

- biz Kim hududiga tushishimiz kerak, Jeon hududiga tรตฤŸri kelmaslikga harakat qil,

- aynan ularning รตzlari bizni kuzatib รตtiradi,

Yonaning nafas olish tartibi buzilib yuzini tortib oldi.

- yรตq! Men baribir รตlaman!

- bunday dema! ร•lmaysan! Bir yildan buyon qattiq harakat qilding! Doimo birga bรตlamiz!

- shunday deb รตylaysanmi? - Yona Mikasaning yuziga tikildi - mening insonlar oldida qanday hayajonlanishimni bilasanku! Va hozr esa ulkan zalda qรตshiq kuylayman va boshliqlarning รตzlari meni kuzatib รตtiradi, ularning birgina รตtkir nigohlari meni tamom qiladi!

Ovoziga titroq qรตshilgan qiz lablarini qimtib oldi. Uning qรตlidan tutgan Mikasa yana bir bor qizil chiroqga qarab olgach eshik tomon yurdi.

- hammasi yaxshi bรตladi,

Mikasa



***


- 470 raqam,

Ulkan zalning burchagida birin-ketinlik bilan mahsus รตquvchilarni kiritayotgan erkak raqamni รตqigach safdagi qizga qaradi.

- Kim Seul, sen รตtgansan.

Qiz nigohlari erkakga qaratilgach uning ortidagi dรตsti yuziga tabassum yugurdi. Bu mushkul edi. 100 kishi ichiga kirish. Biroq Seul yuzi รตzgarmagan. Ayni damda unga qaysi hududga moil bรตlgani muhimroq edi.

- men.. qaysi hududga tushdim?

Erkak biroz unga tikilib turgach qรตlidagi rรตyhatga qaradi.

- รตtganingga shukur qilmaysanmi.. - Seul ortidagi dรตsti dedi - muhimi tirik qolding, 100tadan biri bรตlmaganingda รตldirishardi

- sen Seokjin hududiga tushding,

Endi kรตngli biroz bรตlsada hotirjam bรตlgan qiz kรตzlarini yumdi. Erkak zalga ishora qilishi bilan tanasi birozgina titragach yutinib oldinga qadam tashladi. Ulkan zal. ร•rindiqlarning oldi qatoridan joy olganlar*. Qizning yurak urishi tezlashdi. ร•zini kuchli tutishga urinib zal รตrtasiga keldi. Ularning nigohlari qรตrqinchili edi. Seul kรตzlariga tushib turgan sochlari orasidan ularga qarar ekan barmoqlarini asabiylikdan tugdi. Bular mana shu ulkan hudud egalari. Barcha รตquvchilarning qรตrquviga sabab bรตlganlar.

- Kim Seul, - Park hududi boshliฤŸi qiz ismini yรตฤŸon ovozda รตqib unga nigohlarini qaratdi. - sening omading kuchingda ekan,

- shunday janob, - รตzini bazor ushlab turgan qiz, doimgi holatdagi qoshlari jiddiylikdan chimirilgan holda รตtirganlarga qaradi. Bu qรตrqinchili. Hudud egalari qarshisida turish.

- Seokjin hududiga,

Varoqni chetga olgan Park Jimin jiddiylik bilan qizga qaradi. Shu bilan birga รตz hududiga tushgan qizga qarab qรตygan Seokjin uni zimdan kuzatgach tomoq qirdi .

- ketishing mumkin,


Zaldan chiqgan Seul undan avval bu yerga kirib chiqishgan mahsus kiyimdagilarga nigohlarini qaratdi. Bu yerda barcha sovuq. Har kim รตz jonini saqlashga urinadi. Hatto mana shu yil davomida saralashda odam kamayishi uchun kuchlilar zaiflarni osonlik bilan yรตq qilganlar. Huddi 589 kabi.

- sen ham รตtdingmi?

Biroz avval รตsha zaldan chiqgan Mikasa sovuq holda qizga qaragach Seul shunchaki bosh irฤŸib stul chetiga joylashdi. Bu yerda รตtganlar kรตp edi. Tashqaridan รตq ovozi eshitilishi bilan barcha sergaklanib qoldi. Ha. ร•ta olmaganlarni รตldirishmoqda. Endi ichidagi havotir yanada oshgan Mikasa sekinlik bilan zal tomon qarab qรตydi. Yona รตtishi kerak.

Seul



- Jeon, sen uchun iste'dodlilar muhim shundaymi?

ร•ng tomondagi stulda joylashgan Kim, kรตz qirida รตsha barcha ismini yodga olganida titrovchi Jeonga qaradi. Yuzi jiddiy tus olgan Jungkook ham sekinlik bilan Taehyung tomon nigohlarini qaratdi.

- hududim uchun kuchlilar yetarli, - qayta zal tomon nigohlarini qaratdi u - menga iste'dodlilar kerak,

- minglab รตquvchilar saralashda vafot etishdi, รตtgan yilgidek tanlab olgan 100 kishi bu yilgacha sening hududingda tirik qolmaydi,

Nigohlarini, qadamlarini ikkilanish va qรตrquv bilan bosib zalga kirayotgan qizdan uzmay gapga qรตshilgan Seokjin, Jeonning bilinmas ฤŸazabiga sababchi bรตldi. U ham Seokjinga e'tibor qilmay zal markaziga kelib turgan kichik qizga nigohlarini qaratdi. Qiz qรตlidagi kichik mikrafonni qaltirayotgan barmoqlari orasida siqib pastga nazar tashlab turar ekan, old qatordagi Kim hududi boshliฤŸi uni zimdan kรตzdan kechira boshladi. Shu bilan birga Jeon, Park, Seokjin hududlari egalari ham undan รตtkir nigohlarini uzmay uning gapirishini kutib รตtirisharkan, uning sukut saqlashidan Jeonning qoshlari chimirildi.


- yรตq, Yona iltimos..

Dugonasining zal รตrtasida titroq bilan biroz vaqtdan buyon sukut saqlab, hudud egalariga qaray olmay turganini kรตrgan Mikasa sochlarini siqib oฤŸzini berkitdi.

- u tamom bรตldi,

Saralanganlar orasidagi bir qizning iljayish bilan gapirishi Mikasaning jahlini chiqarib yubordi. Biroq ayni dam รตzini bosishi kerak.

- hoy la'nati! - รตsha qiz tomon รตgirildi u - ovozingni รตchir!

- รตchirmasam nima qila olasan a? - Lili oldinga qadam tashlarkan ovozini kรตtardi, - u รตlishi aniq, qรตrqoqlar hududlarga qabul qilinmaydi, u bรตlsa kirishi bilan qรตrquvini aks ettiryabdi! Boshliqlar buni yaqqol sezib bรตlishdi,

TomoฤŸiga bir nima tiqilgan Mikasa ฤŸazabga tรตlgan kรตzlarini Liliga biroz tikib turgach lablarini tishlab qayta zal tomon qaradi. Yona hali hamon bir sรตz demay turmoqda. Qarshisidagi tรตrt hudud egalarining nigohlari ham uning qaltirashi uchun yetarli bรตlayotgandi. Hammasi aniq. U รตladi.

- Yona bรตlaqol! - Mikasa u eshitmasligini bilsada asabiy yutindi.


Yona


- Yona.... nega jimsan?

Nafas olish tartibini tรตฤŸirlay olmayotgan Yona, eshitilgan yรตฤŸon ovozdan chรตchidi. Sochlari orasidan qarshisiga nazar tashlar ekan, unga boyadan buyon qaratilib turilgan jiddiy nigohlarga guvoh bรตldi. Kim Taehyung qizning har bir qismini kuzatib chiqgach ohirida uning kรตzlariga tikildi. U qรตrqayotgani endi haqiqatda ayon. Barchasi tugaganini tushunib yetgan Yona mikrafonni qattiqroq siqib kรตzlarini yumdi. Uning yuzidan oqgan kichik tomchilarni kรตrgan Jeon hafsalasiz nigohlarini oldidagi jadvalga qaratdi.

- kuylaysanmi? - Jeon birinchi bor saralashdagi รตquvchilardan biriga gapirayotgandi, - demoqchi edim.. biroq omading kelmadi..

Uning birinchi sรตzlari Yonaga va chetdan uni kuzatayotgan Mikasaga biroz bรตlsada umid bergan edi biroq ohirgi sรตzlari hammasiga nuqta qรตydi. Kรตzlari biroz kattalashgan qiz yutingancha u tomon kelayotgan ikki erkakni kรตrib ortga bir qadam tisarildi. Ular yetib kelishgach qizning qรตllaridan ushlaganlaridan sรตng zaldan olib chiqishga tushdilar. Chetdagi qiz tamom bรตldi. Yuzidagi rang tiniq oq. Yurak urishi tezlashgan. Mikasa buni kรตtara olmaydi. Biroz yiฤŸi ovozi bilan ingragan Yona bir necha soniyalardan keyingi รตlimi haqida รตylab lablarini yiฤŸi bilan qimtidi.

- tรตhtang, - birdan yangragan jiddiy ohang qรตriqchilarni tรตhtatdi. Stuldan รตzini olib qรตllarini stol ustiga qรตygan Kim hududi egasi sovuq kรตzlari bilan Yonaga qaradi. - ovozini eshitishni hohlayman, qรตyib yuboring





๐–ค๐–ฏ-1 ๐–พ๐—‡๐–ฝ๐–พ๐–ฝ.

๐– ๐—Ž๐—๐—๐—ˆ๐—‹- ๐—ฃ๐—ฎ๐—ฟ๐—ธ_๐—ฌ๐—ผ๐—ป๐—ฎ



Cosmos_Fanfics | 250+ reak for EP-2 )

Report Page