JAJJI KITOBXON BOLAJON

JAJJI KITOBXON BOLAJON

https://t.me/buxoro_viloyat_bandlik_boshqarma

Bugun, Jondor tumani “Dalmunobod” mahallasida “Obod xonadon”, “Obod ko‘cha” va “Obod mahalla” mezonlarini joriy etish chora tadbir dasturiga muvofiq "Dalmunobod" mahallasi hududida joylashgan 18-son maktabgacha ta'lim tashkilotida O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganligining 31 yilligiga bag‘ishlab “Konstitusiya - xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi!” degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan huquqiy targ‘ibot hamda "Jajji kitobxon bolajon" mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi.
Tadbirda tuman hokimi o'rinbosari N.Axmatov, tuman Adliya bolimi yuridik shaxslarga xizmat ko'rsatish markazi rahbari B. Hazratqulov, tuman Nuroniy jamg'armasi raisi J.Ashurov, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi tuman bo'linmasi rahbari L.Ergashevalar ishtirok etib, tadbirda Yangi O‘zbekistonning yangi Konstitusiyasi mamlakatimiz tarixida ilk bor umumxalq referendumi orqali bevosita xalqimiz tomonidan qabul qilinib, Referendumda ishtirok etgan hamda yurtimiz kelajagiga befarq bo‘lmagan fuqarolar o‘zlarining yuksak siyosiy-huquqiy madaniyatini namoyon etib, yangi tahrirdagi Konstitusiya timsolida yangi O‘zbekiston strategiyasini amalga oshirishning huquqiy asoslarini hamda davlat va jamiyatni barqaror rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari yuzasidan ma'ruza qildilar.

Tadbirda muassasa tarbiyalanuvchilarining ota-onalari va buvijonlari taklif etilib, taRespublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi tuman bo'linmasi rahbari L.Ergasheva tomonidan yoshlarning barcha qatlamlarini kitob o‘qishga da’vat etish hamda kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqish va intilishlarini qo‘llab-quvvatlash, oilalarda adabiy muhit shakllanishi, kitobxonlik qobiliyati vujudga kelishiga erishish bugungi kunda onalar eng ko'p mas'ul ekanliklarini ta'kidlab o'tdi. Shuningdek Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi tuman bo'linmasi tomonidan ota-onalar va muassasa tarbiyachi xodimlariga Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi hamda "Ma'rifat" targ'ibotchilar jamiyati ekspertlari tomonidan tavsiya etilgan 3-7 yoshli bolalar uchun multfilmlar hamda kitoblar ro'yxati keltirilgan fleyrlar taqdim etildi.

Muassasa tarbiyalanuvchilari tadbir davomida o'zlarining kitobxonlik hamda vatan to'g'risidagi she'r va qo'shiqlari bilan barcha tomoshabinlarni xushnud qilishdi.

Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Jondor tuman bo'linmasi



Report Page