"Izlam" sizni izlamoqda

"Izlam" sizni izlamoqda


Alisher Navoiy nomidagi TDO‘TAU, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Qashqadaryo viloyati hokimligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qashqadaryo viloyati bo‘limi, “Akademnashr” nashriyoti, “Yoshlik” jurnali hamda Nasr.uz adabiy sayti hamkorligida tashkil qilingan yozuvchi Azizbek Norovning “Azal va abad yo‘li” kitobi asosidagi tanlov

N I Z O M I


I. Tanlovning maqsad va vazifalari

– mamlakatimizda yuksak ma'naviyatli avlodni shakllantirish va bu borada badiiy asarlarning ahamiyatini yoshlar ongiga singdirish;

– ijodkorlar tomonidan yangi yaratilgan badiiy asarlar bilan kitobxonlarni yaqindan tanishtirib borish;

– kitob orqali yoshlarning kuzatish, tahlil qilish, mustaqil fikr ayta olish, tanqidiy mulohaza yuritish kabi ko‘nikma va malakalarini shakllantirish;

– iste’dodli va iqtidorli kitobxonlarni aniqlash, rag‘batlantirish hamda ularning ma’naviy-ma’rifiy, ijodiy ishlardagi faolligini yanada oshirish.


II. Tanlov shartlari va talablari

Tanlovda badiiy adabiyotga qiziqadigan barcha ishtirok etishi mumkin. Tanlov quyidagi ikki nominatsiya asosida tashkil etiladi:

1. “Eng yaxshi taqriz” 

Bunda ishtirokchi “Azal va abad yo‘li” kitobidan o‘rin olgan shu nomdagi qissaning mazmun-mohiyati, g‘oyasi, uslub jihatidan o‘ziga xosligi haqida o‘z fikr-mulohazalarini tahliliy, tanqidiy va ijodiy yondashgan holda bayon qilishi kerak. 

Ishtirokchi mazkur kitobning ilk sahifasiga o‘z ism-familiyasini yozib, uni rasmga olib, doc. formatda Times New Roman shriftida 14 kegelda yozilgan taqrizi bilan birga @tanlovlarga telegram manziliga yuborishi kerak. Matnlar bezaklar va suratlar kiritilmagan holda jo‘natilishi shart. Taqriz hajmi cheklanmagan. Ijodiy ishlar 15-dekabr (2022-yil) ga qadar qabul qilinadi. 

Yuboriluvchi fayl sirtida quyidagi ma'lumotlarning yozilishi so‘raladi:

– taqriz muallifining tug‘ilgan yili;

– yashash manzili;

– telefon raqami.  

Eslatma: Taqdim etilgan ijodiy ishlarning baholanishida savodxonlikka, taqriz matnining uslubiy-grammatik jihatdan to‘g‘ri shakllantirilganiga ham alohida e’tibor qaratiladi. “Pdf” formatida jo‘natilgan matnlar qabul qilinmaydi!

Taqrizlar quyidagi hakamlar hay’ati tomonidan baholanadi.

Hay’at raisi:

Bahodir Karimov, f.f.d., professor

A’zolari:

Abdulla Ulug‘ov     -  f.f.n., professor

Dilmurod Xoldorov  -   (PhD) dots.

Olim To‘laboyev    -   f.f.n., dots.

Olim Usmonov    -    f.f.n., dots.

Umida Rasulova    -    f.f.d., dots.

Dilmurod Xoldorov   -  (PhD) dots.

    Ruxsora To‘laboyeva -  (PhD) dots.

Do‘stbek Sulaymonov -   Yozuvchilar Uyushmasi a’zosi, nasr.uz adabiy sayti asoschisi.

Nurilla Chori -         Yozuvchilar Uyushmasi a’zosi, “Yoshlik” jurnali bosh muharriri.

Husan Maqsudov -      mustaqil tadqiqotchi, “Anorbook” nashriyoti bosh muharriri.

2. “Eng yaxshi maktub” 

Bunda ishtirokchi “Azal va abad yo‘li” kitobi (aynan shu nomdagi qissa asosida bo‘lishi ushbu nominatsiyaga tegishli emas) asosida o‘z fikr-mulohazalarini, taklif-tavsiyalarini yoki tanqid-e’tirozlarini muallifga maktub shaklida yozishi lozim. Ish hajmi cheklanmagan. 

Ishtirokchi mazkur kitobning ilk sahifasiga o‘z ism-familiyasini yozib, rasmga olib, doc. formatida Times New Roman shriftida 14 kegelda yozilgan maktubi bilan birga @tanlovlarga telegram manziliga yuborishi kerak. “Pdf” formatida jo‘natilgan matnlar qabul qilinmaydi. Matnlar bezaklar va suratlar kiritilmagan holda jo‘natilishi shart! Ishlar 15-dekabr (2022-yil) ga qadar qabul qilinadi. 

Yuboriluvchi fayl sirtida quyidagi ma'lumotlarning yozilishi so‘raladi:

– taqriz muallifining tug‘ilgan yili;

– yashash manzili;

– telefon raqami. 


Eslatma: Yuborilgan ishlar imloviy xatoliklarsiz yozilishi maqsadga muvofiq. Ushbu yo‘nalish bo‘yicha kelgan ishlarni kitob muallifi – Azizbek Norov baholaydi.

Har ikki yo‘nalishda ham qatnashuvchilarning ishlari va tanlovning borish jarayoni @Yangi_hilol, @Nasr_uz va @kitob_xiyoboni adabiy-ijodiy kanallarida berib boriladi. Tanlov natijalari ijtimoiy tarmoqlarda va rasmiy veb-saytlarda yoritiladi. Gʻoliblar Alisher Navoiy nomidagi TDO‘TAUda tashkil qilinadigan muallif ishtirokidagi uchrashuvda tantanali ravishda taqdirlanadi. 


III. G‘oliblarni taqdirlash

“Eng yaxshi taqriz” nominatsiyasi bo‘yicha g‘oliblar quyidagi tartibda taqdirlanadi:

1-o‘rin sohibi – qimmatbaho sovg‘a, 1-darajali diplom, statuetka va kitoblar jamlanmasi bilan; 

2-o‘rin sohibi – qimmatbaho sovg‘a, 2-darajali diplom, statuetka va kitoblar jamlanmasi bilan;

3-o‘rin sohibi – qimmatbaho sovg‘a, 3-darajali diplom, statuetka va kitoblar jamlanmasi bilan.


“Eng yaxshi maktub” nominatsiyasi bo‘yicha g‘oliblar quyidagicha taqdirlanadi:

1-o‘rin sohibi – 5 ta kitobdan iborat Abdulla Qodiriy to‘plami, diplom va muallif javobnomasi bilan;

2-o‘rin sohibi – Tog‘ay Murodning tanlangan asarlar to‘plami, diplom va muallif javobnomasi bilan;

3-o‘rin sohibi – Asqad Muxtorning tanlangan asarlar to‘plami, diplom va muallif javobnomasi bilan.

Eng yaxshi deb topilgan taqrizlar O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi nashri - “Yoshlik” jurnalida chop etiladi. Bundan tashqari rag‘batlantiruvchi 10 ta o‘rin egalari ham sovrin va diplomlar bilan taqdirlanadi.  

Bir ishtirokchi faqat bitta yo‘nalish bo‘yicha qatnasha oladi.


“Azal va abad yo‘li” kitobini topish (TDO‘TAU hududiga yetkazib beriladi) va qo‘shimcha savollar uchun @tanlovlarga telegram manziliga murojaat qilishingiz mumkin.


Report Page