“Ixtirochilik va ratsionalizatorlik”

“Ixtirochilik va ratsionalizatorlik”

Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi Milliy ofisi
Tanlovda ishtirok etish uchun arizalar 12-sentabrdan 6-oktabrgacha qabul qilinadi.


“Ixtirochilik va ratsionalizatorlik” ko‘rik-tanlovida loyihalarni saralash mezonlari quyidagilardan iborat:

✔️ energiya va resurslarni tejash, zamonaviy texnologiyalar va yangi materiallar yaratish;

✔️ atrof-muhitni himoyalash bo'yicha muammolarni hal qilish;

✔️ ijtimoiy ahamiyati va jamiyatga keltira oladigan foydasi;

✔️ foydalanishga tayyorligi;

✔️ eksportga mo'ljallanganligi va import o'rnini bosishi. 

Tanlovda ishtirok etish uchun ishtirokchilarga qo'yiladigan talablar:

✔️ 16 yoshdan 40 yoshgacha bo'lishi;

✔️ O'zbekiston Respublikasi fuqaros bo'lishi;

✔️ Aniq bir ixtiro, foydali model va ratsionalizatorlik taklifiga ega bo'lishi;

✔️ Tanlovda ishtirok etmoqchi bo'lgan loyihaning prototipi mavjud bo'lishi kerak. 

Tanlovning 1, 2 va 3-o'rin sohiblari tegishlicha BHMning 300, 250 va 200 baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti va sertifikat bilan taqdirlanadi. 

Tanlov nizomi bilan bu yerda tanishishingiz mumkin!

Ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali ariza qoldiring:
https://t.me/IR_Registratsiya_Bot

Report Page