@Istiqbol_sari

@Istiqbol_sari



Tut parvonasi – (Glyphodes pyloalis)ni o’rganishga bag’ishlangan ilk tadqiqotlar S.N.Alimuhamedov tomonidan 1997 yilda e’lon qilingan (Alimuhamedov, 1997). Shundan so’ng S.N.Alimuhamedov va uning hammualliflarining tut parvonasiga qarshi kurash bo’yicha tavsiyalari 1998 yilda chop etildi (Alimuhamedov va boshqalar, 1998). Shu yildan boshlab tut zararkunandalariga oid maqolalarda tut parvonasi haqida ayrim ma’lumotlar ham o’rin ola boshladi (Xolmatov va b., 1999; Odilov, Xidaev, 1999). 2000 yilda “Tut parvonasi va unga qarshi kurash choralari bo’yicha tavsiyalar” (Rashidov va b., 2000) ishlab chiqildi. Tut parvonasining O’zbekiston sarhadlari bo’ylab jadal tarqalib borishi unga qarshi kurash choralarini mukammallashtirish zarurligini taqozo etadi. Shunga muvofiq 2001 yilda Sh.T.Xo’jaev rahbarligidagi mualliflar jamoasi “Tut parvonasi va unga qarshi kurashish choralari bo’yicha tavsiyalar”ni to’ldirib, qayta ishlangan holda e’lon qildilar. Unda tut parvonasining biologik xususiyatlari juda qisqa bayon etilgan bo’lsa-da, asosiy e’tibor unga qarshi kurash choralariga qaratilgan, kimyoviy zaharlarning samaradorligi, zararkunandaga qarshi ishlatish uchun tavsiya qilingan insektitsidlar ro’yxati berilgan (Xo’jaev va b., 2001).

M.H.Ahmedov, M.Shermatov tomonidan tut parvonasining Farg’ona vodiysi bo’ylab tarqalishi, individual rivojlanish xususiyatlari, oziqlanishi va zarar keltirishiga oid ma’lumotlar e’lon qilindi (Ahmedov, Shermatov, 2001, 2002; Shermatov, Ahmedov, 2001 a, b; 2006; Shermatov, 2002). Mualliflarning qator ishlarida tut parvonasi oxirgi avlod g’umbaklarining og’irlik va uzunlik o’lchamlari orasidagi korrelyatsiya munosabatlari, bu ko’rsatkichlarning g’umbaklardan kapalak uchib chiqishiga bog’liqligi va tut daraxti turli qismlarida qishlab chiqqan qurtlar g’umbaklarining og’irlik o’lchamlarini atroflicha tahlil etish orqali tut parvonasi avlodlarining rivojlanishi va populyatsiya zichligini bashorat qilishga qaratilgan tadqiqotlar natijalari o’rin olgan (Umarov, Shermatov, 2004; Shermatov, Ahmedov, 2005). Mualliflarning tut parvonasining morfologiyasiga oid maqolalarida zararkunandaning barcha rivojlanish bosqichlarida morfologik tavsifi hamda erkak va urg’ochi kapalaklarning bir-biridan farq qiluvchi belgilari to’liq tavsiflab berilgan (Shermatov, Ahmedov, 2005; Ahmedov, Shermatov, 2007). Tut parvonasi (Glyphodes pylaialis Walker.) — qurti faqat tut bargi bilan oziqtanadigan zararkunanda hasharot. Ayniqsa, tut daraxtlari, nihollari, bargiga jiddiy zarar keltiradi. Toʻliq rivojlanadigan hasharot. Katta yoshdagi qurtlari daraxt poʻstloqlari tagida maxsus ipakdan toʻqigan belanchagi ichida qishlab chiqadi. Bahorda gʻumbakka aylanadi, 15—20 kundan soʻng undan kapalaklar uchib chiqadi. Kapalagi mayda, qanotlari yozilganda 15–17 mm, qanotida koʻndalang chiziklari bor. Har bir kapalak (tut bargiga 2—3 tadan) oʻrtacha 5060 ta tuxum qoʻyadi. Tuxumdan chiqqan qurtlar tut bargi toʻqimalarini yeb shikastlaydi. Zararlangan daraxt novdalari quriydi, sovuqqa chidamliligi pasayib ketadi. Yil davomida 6—7 marta avlod beradi. Oxirgi avlodning qurtlari oktabrnoyab. oylarida qishlashga oʻtadi.


1994-yildan Oʻzbekistonda dastlab Afgʻoniston orqali Surxondaryo viloyatida, keyingi yillarda Fargʻona, Toshkent, Sirdaryo viloyatlarida Tapkalgan. Tut parvonasiga qarshi biologik kurash usullari yaxshi samara beradi.


Oʻsimliklar himoyasi va karantini agentligi Qoʻshrabot tumani boʻlimi Agranom entamoligi Jozilov Alisher

Report Page