Iste'molchi huquqi qonun himoyasida!!!

Iste'molchi huquqi qonun himoyasida!!!


Yolg‘on axborot berib, o‘zining mahsulotini eng yaxshisi, eng sifatlisi deb maqtab sotayotgan ayrim tadbirkorlar bugungi kunda ko‘plab uchrab turibdi.

Fuqaro S.D.ning hududiy boshqarmaga yo‘llagan murojaatida ham tadbirkor BONVI nomli elektroskuterni yolg‘on sifatlar bilan maqtab sotgan hamda mahsulot sifatsiz bo‘lsa uni almashtirib berishi yoki pulini qaytarishini ta’kidlab o‘tgan.

Ammo elektroskuter haqiqatda tadbirkor ta’riflaganchalik sifatli emasligi sababli fuqaro to‘lagan 8 mln pulini qaytarib olmoqchi bo‘ladi, tadbirkor esa pulni o‘z vaqtida qaytarmasdan murojaatchini sarson qiladi.

Hududiy boshqarma xodimlarining sa’y-harakatlari bilan tadbirkor hamda murojaatchining shaxsan o‘zi ishtirokida olib borilgan o‘rganishlar natijasida fuqaroga elektroskuter uchun to‘lagan jami 8 mln so‘m puli to‘liqligicha qaytarib olib berildi.


Report Page