Iste’dod sarchashmasi audiotanlovi

Iste’dod sarchashmasi audiotanlovi


Ijodkor talaba yoshlar o‘rtasida shoir va yozuvchilar tomonidan yozilgan she’r, monolog, hikoya, qissalarni audio variant ko‘rinishida tayyorlash.
ü Audionazm
ü Audiomonolog
ü Audiohikoya

Loyiha maqsadi:
Audio mahsulotlar tayyorlashga qiziqadigan ijodkor talaba-yoshlarni izlab topish, ular bilan hamkorlik qilgan holda turli mavzudagi she’r, hikoya, monolog va badiiy asarlarni audio holiga keltirib ijod ahliga taqdim etish, shu bilan bir qatorda Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5ta muhim tashabbusning birinchi va to‘rtinchi yo‘nalishlarini asos qilib olish (1- tashabbus yoshlarni musiqa, rassomchilik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishini oshirishga, iste’dodini yuzaga chiqarish; 4-tashabbus yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli ishlarni ishlarni tashkil etish).


Loyiha qay tartibda olib boriladi?
Loyiha Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Ma’naviyat va ma’rifat markazi Talabalar media ijtimoiy maskanida joylashgan audiostudiyada amalga oshiriladi. Ushbu loyiha bir haftada bir marta amalga oshirilib, jarayonlar videoga olinib Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Ma’naviyat va ma’rifat markazining internetdagi rasmiy sayti vuz24.uz, shu bilan bir qatorda @talaba_vuz, @vuz24_official kanalarida berib boriladi. G’oliblikka munosib deb topilgan ijodkorlarning audiomateriallari ham vazirlik saytiga joylashtiriladi. Loyihada qatnashadigan jodkor talaba yoshlar tanlov asosida saralanadi.

Tanlov bosqichlari:
Tanlovning birinchi bosqichi ijtimoiy tarmoqda amalga oshiriladi ya’ni tanlovda qatnashayotgan ijodkorlarlarning barchasiga vazifa beriladi va vazifani barcha talablarga javob bergan holda, (talabalar: so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qilish, shevaga yo‘l qo‘ymaslik, o‘qilayotgan matn xoh u she’r bo‘lsin, xoh biror-bir hikoya ijodkor tomonidan his qilgan holda) o‘qilishi talab qilinadi. Vazifa har hafta har xil shoir, yozuvchi ijodidan bo’ladi. Ular tayyorlagan audiomateriallar mutaxasisslar tamonidan tekshiriladi va har bir qo‘yilgan talablarga javob bergan audiomahsulot egalari keyingi bosqichga o‘tishadi. Pandemiya sabablari talabalarning ko‘pchiligi viloyatda bo‘lganligi uchun viloyatdagi talabalar masofadan (onlayn) qatnashishlari mumkin.

Viloyatdagi talabalar uchun birinchi va ikkinchi bosqich onlayn bo‘ldi ya’ni ular audiostudiyaga kelishmaydi. Ijtimoiy tarmoqda berilgan maxsus matnni o‘qishadi va bitta g‘olib aniqlanadi.

Ikkinchi bosqichda esa, birinchi bosqichdan o‘ta olgan uchta ijodkor o‘zaro bellashishadi. Ikkinchi shart Talabalar ijtimoiy media maskani audiostudiyasida bo‘lib o‘tadi. Uchta ishtirokchi mutaxassislar tomonidan berilgan matnlarni o‘qishadi (mant ikkinchi shartga o‘tgach, ijodkorlar tayyorlanishlari uchun studiyaga kelishdan bir kun oldin beriladi) bu jarayonlarni esa mutaxassis kuzatib turadi va aynan mana shu jarayonlar davomida g‘olib ham aniqlanadi.

               

G‘oliblarni taqdirlash:
G‘olib bo‘lgan ishirokchi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirli huzuridagi Ma’naviyat va ma’rifat markazi direktori tomonidan maxsus sertifikat va estalik sovg‘alari bilan tadirlanadi. G‘olib bo‘la olmagan ikkinchi ishtirokchiga ham maxsus sovg‘a (badiiy va she’riy kitoblar) beriladi .Shu bilan bir qatorda g‘olib bo‘lgan talaba Talabalar ijtimoiy media maskanida joylashgan audiostudiya xizmatidan doimiy foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Viloyatdagi g‘oliblarga esa sertifikatlar onlayn tarzda topshiriladi.


Tanlov telegramdagi @Ijodkor_Talaba kanalida tashkil qilinadi. Birinchi va ikkinchi bosqichdan o‘tgan ijodiy ishlar @vuz24_official, @talaba_vuz sahifalariga joylab boriladi.

Audimateriallar @MardayevAzmiddin manziliga yuboriladi.

Murojaat uchun telefonlar: +998712466409 +998919017896

Report Page