Issiqxonalarda bulg'or qalampirini yetishtirish

Issiqxonalarda bulg'or qalampirini yetishtirish

@dexqonchilik_uz

Bulg‘or qalampiri ochiq maydonlarda ham issiqxonalarda ham yaxshi o‘sadi. Shuning uchun uni ertagi sabzavotlar qatorida yetishtirish mumkin. Bulg‘or qalampirini issiqxonalarda maxsus isitgichlarsiz ham bemalol yetishtirish mumkin. Buning uchun issiqxona ikki qavat plyonka bilan yopiladi. Bu ish fevral oyining oxirlariga to‘g‘ri keladi.


Issiqxonalarga ekish uchun bulg‘or qalampiri ko‘chatlarini yanvar oyidan boshlab, yuqori harorat hosil qilinadigan maxsus issiqxonalarga ekiladi. Bu yerda ular kerakli harorat va parvarish bilan tayyorlanib, fevral oxirlarida boshqa joylarga o‘tqaziladi. Bunda ko‘chatlar maxsus selofan idishlar (stakan) larda o‘stiriladi.


Bulg‘or qalampiri ko‘chatlari orasini 30-35 sm dan qilib, qator oralarini esa, 60-70 sm dan qilib ekiladi. Faqat quyosh nuri orqali isitiladigan issiqxonalarda ko‘chatlar fevral oyida va mart oyining ilk kunlarida ekilganda issiqxona ichiga qo‘shimcha yana bir qavat selofan plyonka yopilishi kerak, chunki bu davrda havo harorati sovuq bo‘lib, tunda tushadigan qirovlar natijasida ko‘charlarni sovuq urishi mumkin.


Ko‘chatlarni ekishdan oldin issiqxona tuprog‘i yaxshilab o‘g‘itlanadi va yumshatilib, ishlanadi. Bunda yerga ammofos, fosfor, ozroq miqdorda kaliy o‘g‘itlarini solish mumkin. Mahalliy o‘g‘itlarning esa yaxshi chiritilganlarinigina solish mumkin. Yangilarini solish mumkin emas, chunki havo harorati ko‘tarilishi bilan, hali chirib ulgurmagan go‘nglar chirishni boshlaydi va tuproqni qizdiradi va natijada o‘simlik ildizini qizdirib, kuydiradi. Buning oqibatida endigina mevaga kirgan nihollar qurib qoladi.


Yangi ekilgan ko‘chatlarga har kuni suv quyib turiladi. Chunki qish paytida egatlab sug‘ormagan ma’qul. Shunda issiqxona tuprog‘i quruq bo‘lib, quyoshning yorug‘ida tezda isib ketadi va ko‘chatlar bemalol o‘sa oladi.


Ko‘chatlar yerga yaxshi o‘rnashib olgandan so‘ng, yerni o‘g‘itlash va sug‘orish mumkin. O‘g‘itni ko‘chatga juda yaqin ham, juda uzoq ham solmaslik kerak. Shu bilan birga o‘git egatning sug‘oriladigan tomoniga solinishi shart. Chunki ko‘chatlar hali kichkina bo‘lganligi uchun, egatning bir tomoniga ekilgan bo‘ladi va keyinchalik chopiq qilish jarayonida egat o‘rtasiga olinadi. Agar bu davrda o‘g‘itni egatning quruq tomoniga solib qo‘yilsa va namlik yaxshi yetib bormaganda yosh nihollar qurib qolishi mumkin. Yoki endigina shonalagan ko‘chatlarning shonalari qurib to‘kilib ketishi mumkin. Bu jarayon o‘g‘itni haddan ortiq miqdorda ko‘p solinganda ham yuz beradi. Bu bilan dastlabki olinadigan hosillar nobud bo‘ladi.


O‘suv davrida o‘simlikka har galgi sug‘orishda ozroq-ozroqdan selitra, sulfat ammoniya kabi o‘g‘itlardan solish mumkin. Mahalliy o‘g‘itlarni esa sharbat usulida sug‘orish bilan qo‘shib amalga oshirish mumkin.


Bulg‘or qalampiri har 5-7 kunda sug‘orib turiladi. Sug‘orishdan keyin tuproq yetilishi bilan chopiq qilinib, begona o‘tlardan tozalab turiladi. Bulg‘or qalampirlari oqarib, yaltirashi bilan terib olinadi. Hosilning dastlabkilari ko‘chat ekilgandan 40-45 kun o‘tib yetiladi, keyingilari esa tezroq 20-25 kun davomida yetiladi. Hosillarni 4-5 kun o‘tkazib yig‘ib olinadi va o‘g‘itlanib, sug‘oriladi.


Issiqxona harorati 30-350C gacha ko‘tarilib, o‘simlik to‘liq gullashni boshlashi bilan, kunduzi isiqxonaning ikki cheti ochilib issiqxona havosi yangilanib turiladi. Aks holda gullar va mevalar to‘kilib ketishi mumkin.


Bulg‘or qalampiridan yozning iyul-avgust oylarigacha hosil olish mumkin. Ammo bu paytga kelib hosil o‘simlikning yuqori qismiga chiqadi va maydalashib ketadi.


​❗Qadrli do'stlar, bugungi dexqonchilikka oid mavzularimizni xozircha shu yerda to'xtatamiz va ertaga esa sizlarga ko'plab murojaatlarga asosan, poliz ekinlari kasalliklari to'g'risidagi mavzular bilan davom ettiramiz.


Bizdan uzoqlashmang!!!✔✔✔


t.me/dexqonchilik_uz

Report Page