Ismoil Samoniy maqbarasi

Ismoil Samoniy maqbarasi


Koʻhna meʼmoriy yodgorlik (taxm. 864-868). Somoniylar davlatining asoschisi Ismoil Somoniy va uning avlodlari maqbarasi, 4 tomoni bir xil chordara shaklida, jimjima gʻishtin bezaklari chiviqli toʻsiq yoki qamish, buyra toʻqimasini eslatadi. 

Devor qalinligi -1,8 m, tashqarisi 10,80×10,70 m, ichkarisi 7,20×7,20 m. Usti gumbaz bilan qoplangan, 4 burchagi ustunsimon shaklda ishlangan, gumbaz atrofiga 4 qubba oʻrnatilgan. Devor tepasida kungirasimon darcha (40 ta). Har bir darcha hoshiyalangan. Ravoq tepasidagi qanos gʻishtin tangachalar marjoni bilan chegaralangan. Ikki chetiga mayda g'ishtdan chorsi tumor yasalgan. 

Bino ichkarisi tashqaridagi bezak bilan uzviy bogʻliq boʻlib, uslub jihatdan bir xil. Ichki devor gumbaz osti bagʻazidagi ustma-ust ravoqchalar, ustunchalarga tayangan. Ravoqchalar 8 qirrali gumbaz asosini tashkil qiladi. Qirralar burchagiga gumbazga tirgaklik qiluvchi ustunchalar ishlangan.


Manzil: #Buxoro viloyati

Joylashuv:https://yandex.uz/maps/-/CCUWu0wC-C

Report Page