Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining ta’sis etish va tayinlash tartibi to‘g‘risida
Iqtidorli talabalari uchun atoqli olimlar stipendiyalariniNIZOM
1. Mazkur Nizom, Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining iqtidorli talabalari uchun (xorijiy talabalardan tashqari), universitetni tashkil etilishida uning moddiy texnik bazasini yaratishda, o‘quv va ilmiy ishlarni zamon talablari darajasiga ko‘tarishda va yetuk mutaxassislarni tayyorlashda faol ishtirok etgan hamda universitetda uzoq yillar davomida ilmiy-pedagogik faoliyat olib borgan atoqli olimlar nomidagi universitet stipendiyalarini (keyingi o‘rinlarda — universitet atoqli olimlarining stipendiyalari deb yuritiladi) ta’sis etish va tayinlash tartibini belgilaydi.
2. Universiteg Kengashining qaroriga asosan har bir fakultet bo‘yicha tegishli atoqli olim nomi bilan bir nafar bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida 4-kursni kuzgi semestrini tamomlagan iqtidorli talabaga bahorgi semestr davomida atoqli olimlarning stipendiyalari tayinlanadi:
- Konchilik ishi va metallurgiya fakulteti uchun: akademik Vaxob Raximov;
- Elektr energetikasi va Issiqlik energetikasi fakultetlari uchun:
akademik Xosil Fozilov;
- Elektronika va avtomatika fakulteti uchun: akademik Vosil Qobulov, akademik Muhammadkabir Bahodirxonov
- Muxandislik texnologiyalari fakulteti uchun: akademik Karim Axmedov;
- Mashinasozlik va Mexanika fakultetlari uchun: akademik Muxammad Urazboev;
- Geologiya-kidiruv fakulteti uchun: akademik Gani Mavlonov.
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-yanvardagi “Oliy ta’lim muassasalari talabalariga stipendiyalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi № 59-son qarori bilan tasdiqlangan.
4. Universitet atoqli olimlarining stipenliyalarini to‘lash bilan bog‘liq xarajatlar talabalarning davlat granti yoki to‘lov-kontrakt asosida ta’lim olayotganligidan qat’i nazar universitetning talabalarni rag‘baglantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplanadi va stipendiya sohiblariga belgilangan miqdorlarda stipendiya tayinlanadi va to‘lanadi.
5. Tanlovda o‘qishlari davrida fanlar bo‘yicha o‘zlashtirish ko‘rsatkichi birinchi kurs, birinchi semestrdan boshlab hisoblanganda 75% va undan yuqori a’lo “5” (qolgan 25%gacha baholari faqat yaxshi “4” bo‘lishi shart) baholarga o‘zlashtirgan, ilmiy-tadqiqot va manaviy-ma’rifiy isharida faol qatnashayotgan iqtidorli talabalar ishtirok etishi mumkinligi.
6. Universitet fakultetlaridan har bir atoqli olim nomiga tavsiya etilgan nomzodlar (kamida 2 nafar) fakultet Kengashining majlis bayonidan ko‘chirma asosida Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limiga hujjatlar to‘plamini taqdim etadi.
7. Universitet atoqli olimlarining stipendiyalari tanlovida qatnashishi uchun talabaga qo‘yiladigan talablar va tayyorlanadigan hujjatlar ro‘yxati:
- Sinov (reyting) daftarchasidan ko‘chirma (fakultet dekani tomonidan tasdiqlangan holatda);
- Dekanat tavsiyanomasi;
- Fakultet kengashi bayonnomasidan ko‘chirma. Ushbu ko‘chirmada nomzodning o‘quv, ilmiy va ma’rifiy sohalardagi faoliyati haqida qisqacha ma’lumotlar bo‘lishi lozim;
- Ilmiy -ijodiy ishlarning bosma nusxalari (maqola, tezis, monografiya va ilmiy ijodiy ishlari);
- Iqtidorli talabaning ilmiy (ijodiy) ishi haqida (2 betgacha) qisqacha ma’lumot;
-Erishgan qo‘shimcha yutuqlarni tasdiqlovchi hujjatlar (tanlovlar, konferensiyalar va turli xil tadbirlarda qatnashganligi uchun sertifikat, diplom va faxriyorliqlar);
- Iqtilorli talabaning ilmiy (ijodiy) ishiga ilmiy rahbari tomonidan beriladigan xulosa;
- Pasport kopiyasi;
- Ma’lumotnoma (obyektivka);
- Iqtilorli talabaning ilmiy (ijodiy) ishiga ilmiy rahbari tomonidan beriladigan xulosa;
Barcha xujjatlar jildga tikilgan holda taqdim etiladi. Muqovada stipendiyaning nomi, talabaning familiyasi, ismi, sharifi, telefon nomeri, fakultet, kurs va guruhi kursatiladi.
8. Jurnallarda, ilmiy to‘plamlarda tezis va maqolalari chop etilgan, patent olgan, fan olimpiadasida, yarmarka, tanlov va konferensiyalarda (asoslovchi xujjatlari bilan) faol ishtirok etgan iqtidorli talabalar ustunlikka ega hisoblanadi.
9. Rektor buyrug‘iga binoan prorektorlar fakultet dekanlari, universitet kasaba uyushmasi, universitet Yoshlar ittifoqi, Iqtidorli talabalarning ilmiy - tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi vakillaridan tashkil topgan ilmiy ishlar va innovasiyalar bo‘yicha prorektor raisligida tanlov komissiyasi tuziladi. Ushbu komissiya nomzodlarining hujjatlarini saralash bosqichidan o‘tkazib munosib deb topilganlarni universitet Kengashiga tavsiya qiladi.
10. Nomzodlarga stipendiya tayinlash universitet Kengashida ochiq ovoz berish yo‘li bilan tasdiqlanadi.
11. Universitet Kengashining qaroriga asosan rektor tomonidan universitet atoqli olimlarining stipendiyalarini tayinlash haqida buyruq chiqariladi.
12. Ushbu tadbir yilning yanvar oyida yakuniga yetkazilib, stipendiya 4-kursning bahorgi semestri davomida 1-yanvardan boshlab o‘rnatilgan tartibda tayinlanadi.
13. Universitet atoqli olimlarining stipendiyalari sohiblari bo‘lgan talabalar bakalavriat talimi bosqichini bitirgach ikki yil davomida magistraturaga kirish imtiholarida bahsli holatlarda ustunlikga ega bo‘ladi.
14. Universitet atoqli olimlarining stipendiyalarini tayinlash bo‘yicha talabalarning arizalari e’lon chiqqan kundan boshlab, bir oy muddatda ko‘rib chiqiladi.
15. Stipendiya tayinlangan iqtidorli talabalar tomonidan kundalik darslar o‘zlashtirilmaganda, o‘rnatilgan mehnat intizomi va universitet ichki tartib qoidalari buzilgan xolatda kafedra, dekanat, universitet Yoshlar ittifoqi, Iktidorli yoshlar bilan ishlash bo‘limi bildirishnomalari asosida universitet rektorining buyrug‘i bilan universitet atoqli olimlarining stipendiyasini berilishi to‘xtatiladi.
16. Mazkur Nizom talablari buzilishiga sababchi bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.