Islohotlarning samarasi

Islohotlarning samarasi

Xursanova Mohinurbonu
Yurtimizda yoshlarga berilayotgan e’tibor va yaratilayotgan sharoitlar kundan-kunga ortib bormoqda. Bunga yorqin misol sifatida Toshkent tibbiyot akademiyasida (TTA) yo’lga qo’yilgan va yanada kengaytirilayotgan xalqaro hamkorlik aloqalarini keltirish mumkin. TTA xodimlari va talabalarida dunyoning ko’p davlatlarida malaka oshirish kurslarida qatnashish imkoniyatlari mavjud.

Men, Xursanova Mohinurbonu Toshkent tibbiyot akademiyasi 6-bosqich talabasi, joriy yilning iyul oyi ikkinchi yarmida jamoamiz bilan birgalikda Janubiy Koreyaning bir qator klinikalarida amaliyot o'tadik.

“Yongin Severance” Janubiy Koreyaning yetakchi shifoxonalaridan biri bo’lib arxitekturasi, zamonaviy tibbiy jihozlar, avtomatlashtirilgan laboratoriya, sinovdan o’tkazilayotgan robotlar, bemorlarga tashxis qo’yishga yordam beradigan sun’iy intellekt qurilmasi, bemor hayotiy ko’rsatkichlarini nazorat qiluvchi tizimlari taqsinga sazovor va biz bularning hammasini o’z ko’zimiz bilan ko’rib guvoh bo’ldik.

Amaliyotimiz mobaynida shuningdek, Gangnam shahrida joylashgan “Roen” shifoxonasi bilan ham tanishishga muyassar bo’ldik. Kasalxonada plastik jarrohlik, dermatologiya, stomatologiya, homiladorlik, soch ekish kabi bo’limlar mavjud bo’lib Janubiy Koreya bo’ylab bir necha filiallari joylashgan.

Amaliyotimiz tashkilotchilari tomonidan bizni har tomonlama vaqtimizni ko’tarinki kayfiyat va yuqori samaradorlikni ta’minlagan holda o’tkazishimiz uchun tashkil qilingan Janubiy Koreyaning diqqatga sazovor tarixiy va zamonaviy joylariga kichik sayohatlar xotiramizda butun umrga o’chmas iz qoldirdi deb o’ylayman. Biz bu sayohatlar orqali mezbon millatning urf-odatlari, liboslari, milliy taomlari bilan yaqindan tanishib chet ellik bir qancha do’stlar orttirdik, ular bilan suhbat qurdik.

O’ylaymanki, bu bizning jamoamiz har bir a’zosi shu jumladan, men uchun ham juda katta ahamiyatga ega bo’lgan amaliyot bo’ldi, bizda yangicha dunyoqarash, g’oyalar, maqsadlar shakllandi. Men olgan taassurotlarim, orttirgan bilimlarimni TTA da tahsil oluvchi talabala tengdoshlarimga aytib bermoqchiman va ularga ishontirib aytishim mumkinki o’z ustida tinmay ishlovchi, shijoatli, tashabbuskor, ilg’or talabalarni qo’llab-quvvatlayotgani uchun Akademiyamiz rahbariyatiga, professor -o'qituvchilarimizga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz!

Xursanova Mohinurbonu

Toshkent tibbiyot akademiyasi

Talabalar kengashi

Report Page