Ishchi guruh aʼzolarining navbatdagi manzili Toshkent viloyatidagi umumtaʼlim maktablari boʻldi

Ishchi guruh aʼzolarining navbatdagi manzili Toshkent viloyatidagi umumtaʼlim maktablari boʻldi


O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondoni nazorati ostidagi Respublika ishchi guruhi tomonidan Prezidentimizning 2024-yil 5-fevralda maktablardagi taʼlim-tarbiya va davomat yo‘nalishidagi ustuvor vazifalari yuzasidan Milliy gvardiya zimmasiga yuklatilgan maktablarda davomatni yaxshilash, o‘quvchilar orasida huquqbuzarliklarning oldini olish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, psixologik qo‘llab-quvvatlash kabi ustuvor vazifalarni sifatli amalga oshirish bo‘yicha Toshkent viloyatidagi maktablarda mazkur yo‘nalishdagi ishlar o‘rganilib, ularni yaxshilash bo‘yicha amaliy ko‘mak ko‘rsatilmoqda. O‘rganishlar davomida o‘quvchilarni darsga kelmaslik sabablarini aniqlash va ularni mashg‘ulotlarga qaytarish maqsadida joriy qilingan yangi “maktab – mahalla – oila” tizimiga alohida alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Shuningdek, o‘quvchilarni sportga keng jalb qilish orqali ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishiga va jinoyatchilikni oldi olinishiga xizmat qilishi har bir o‘rganilayotgan maktabda taʼkidlanmoqda. Bundan tashqari maktablarda “Xavfsiz maktab” konsepsiyasi bo‘yicha ham yangi tizimdagi qorovullik xizmati faoliyatiga eʼtibor qaratilmoqda.


Report Page