Ish samarasini oshirish yo‘lidagi yangi tashabbuslar

Ish samarasini oshirish yo‘lidagi yangi tashabbuslar


G‘allaorol tuman yuridik xizmat ko‘rsatish markazi tomonidan markaz boshlig‘i tomonidan “E-huquqshunos” tizimi bo‘yicha tashkilotlarning ma’sul xodimlari uchun qabul kunlari tashkil etildi.

Bunda tashkilotlarga borilgani holda ko‘rsatilayotgan amaliy yordamlardan tashqari vaqtlarda ko‘mak berish nazarda tutilgan.

Jumladan, tuman yuridik xizmat ko`rsatish markazida markaz boshlig‘i Sh.Suvanov tomonidan tuman Tibbiyot birlashmasi kadrlar bo‘limi boshlig‘i va ma’sul xodimlari bilan alohida suhbat-qabul o‘tkazildi.

Qabul vaqtida tizimdan foydalanish jarayoni, xususan huquqiy tusdagi hujjatlarni tayyorlash, ularning loyihalarini tizimga biriktirish, xullas, ularning tizim orqali aylanishi borasida yuzaga kelayotgan ayrim muammmolar yuzasidan amaliy ko‘mak berildi.

Shuningdek, birlashmaning ma’sul xodimlariga mehnat qonunchiligiga rioya qilish yuzasidan buyruq loyihalarini qonunchilikka mos ravishda tayyorlash, tizimga loyihalar ilovalari bilan birgalikda biriktirilishi yuzasidan batafsil tushuntirish berildi.

Mazkur tadbir boshqa tashkilotlar bo‘yicha ham davom ettirilmoqda.



Report Page