Ish o'rinlari, ma'lumot va xizmat haqqi

Ish o'rinlari, ma'lumot va xizmat haqqi

Modern Team Vacancy

Assalomu aleykum va Rahmatullohu va Barakotuh. Ahli muslim va muslima yurtdoshim, siz Modern Team Corporation (korporatsiyasi) tomonidan e'lon qilingan (masofaviy) ish o'rinlari, ular haqida ma'lumotlar va xizmat haqqilari haqida materiallar joylanuvchi elektron bazadasiz. Hayolda qasr qurish niyatimiz yo'q va biz boshladik.

Bismillah...

modern team corporation (beta)

Ish o'rinlari ro'yxati:

  • Grafik Dizayner - 2 ta
  • Moushn Dizayner - 1 ta
  • Video montaj ustasi - 1 ta
  • Koperayter - 2 ta
  • Web dasturchi - 1 ta
  • Telegram bot dasturchi - 1 ta
  • Operator (qiz bola) - 2 ta
  • Sotuv menejeri - 6 ta
  • Ish boshqaruvchi - 1 ta
  • Direktor yordamchisi - 1 ta
  • Yurist - 1 ta
  • Hujjatlar bilan ishlovchi menejer - 1 ta
  • Direktor o'rinbosari - 1 ta
  • Video-roliklarda chiqish qiluvchi (qiz bola) - 2 ta

Ish haqida ma'lumotlar:

  1. Grafik Dizayner, Moushn Dizayner, Video montaj ustasi, Koperayter, Web dasturchi, Telegram bot dasturchisi - o'z ishini ustasi bo'lishi va kamida 6 oylik malakaga ega bo'lishi shart. Ish boshqaruvchi tomonidan har kuni soat 8:30 da 1 tadan 5 tagacha ish beriladi va kun davomida soat 21:00 gacha ishni bajarib topshirishi shart. Ushbu lavozimga o'z nomzodlini qo'ymoqchi bo'lgan fuqarolar faqat va faqat portfolio orqali suhbatdan o'tishi mumkin. Mehnat qonunchiligiga asoslangan holda mehnat shartnomasi tuziladi.
  2. Operator (qiz bola) - o'z ishini ustasi bo'lishi va muomila madaniyatini bilishi shart. O'zbek tilidan tashqari qo'shimcha til bilishi shart. Telefon qo'ng'iroqlariga javob berish uchun ish vaqti soat 9:00 dan 19:00 gacha va ijtimoiy tarmoqlarda murojaatlar bilan ishlash uchun ish vaqti 9:00 dan 21:00 gacha etib belgilangan. Erkin muloqot va hayajon bo'lmasligi shart. Kunlik bajarilgan ishlar bo'yicha kun yakunida ish boshqaruvchiga hisobot topshirilishi shart. Mehnat qonunchiligiga asoslangan holda mehnat shartnomasi tuziladi.
  3. Sotuv menejeri - o'z ishini ustasi bo'lishi va kamida 6 oylik malakaga ega bo'lishi shart. Korporatsiya qoshida tashkil etilgan xizmatlar bo'limi va o'quv markazi tomonidan taqdim etilgan materiallarni sotishi talab etiladi. Sotuv ishlari uchun sarmoya byutjeti ajratilmaydi va byutjet ajratish bo'yicha rahbar javobi: " - Byutjet ajratilganida istalgan joyda reklama qilib operatorlarga yo'naltirib qo'yishimiz mumkin.". Xulosa chiqarishga shoshilmang va quyi qismda ish haqqi haqidagi ma'lumotlar bilan ham tanishing. Kunlik bajarilgan ishlar bo'yicha kun yakunida ish boshqaruvchiga hisobot topshirilishi shart. Mehnat qonunchiligiga asoslangan holda mehnat shartnomasi tuziladi.
  4. Ish boshqaruvchi - o'z ishini ustasi bo'lishi va kamida 6 oylik malakaga ega bo'lishi shart. Korporatsiya kadrlar markazida shartnoma asosida ishlovchilar ustidan boshqaruvni va nazoratni tutib bilishi shart. Eng asosiysi muomila madaniyatini bilishi shart. Kunlik bajarilgan ishlar bo'yicha kun yakunida Direktor o'rinbosariga hisobot topshirilishi shart. Mehnat qonunchiligiga asoslangan holda mehnat shartnomasi tuziladi.
  5. Direktor yordamchisi - o'z ishini ustasi va kamida 6 oylik malakaga ega bo'lishi shart. Direktorning kunlik rejalari va ishlar ro'yxatini shakllantira olishi shart. Eng asosiysi muomila madaniyatini bilishi shart. Kunlik bajarilgan ishlar bo'yicha kun yakunida Direktorga hisobot topshirilishi shart. Mehnat qonunchiligiga asoslangan holda mehnat shartnomasi tuziladi.
  6. Yurist - o'z ishini ustasi va kamida 6 oylik malakaga ega bo'lishi shart. Korporatsiya huquqlari va xavfsizligini ta'minlashi, himoyalashi shart. Hujjatlar bilan ishlay olishi shart. Kunlik bajarilgan ishlar bo'yicha kun yakunida Direktor va Direktor o'rinbosariga hisobot topshirilishi shart. Mehnat qonunchiligiga asoslangan holda mehnat shartnomasi tuziladi.
  7. Hujjatlar bilan ishlovchi menejer - o'z ishini ustasi va kamida 6 oylik malakaga ega bo'lishi shart. Korporatsiya tomonidan imzolanishi kerak bo'lgan har qanday hujjatlarni Yurist yordami bilan tayyorlashi va Yurist tekshiruvidan o'tkazgan holda Direktor yordamchisiga yetkazilishi shart. Kunlik bajarilgan ishlar bo'yicha kun yakunida Direktor, Direktor o'rinbosari va Ish boshqaruvchiga hisobot topshirilishi shart. Mehnat qonunchiligiga asoslangan holda mehnat shartnomasi tuziladi.
  8. Direktor o'rinbosari - o'z ishini ustasi va kamida 6 oylik malakaga ega bo'lishi shart. Korporatsiya tomonidan qilinadigan har qanday harakatga va Direktor nomidan qilinuvchi harakatga Direktor ruxsati va buyrug'i bilan ma'suliyat bilan yondashishi kerak. Kunlik bajarilgan ishlar bo'yicha kun yakunida Direktorga hisobot topshirilishi shart. Mehnat qonunchiligiga asoslangan holda mehnat shartnomasi tuziladi.
  9. Video-roliklarda chiqish qiluvchi (qiz bola) - o'z ishini ustasi va kamida 6 oylik malakaga ega bo'lishi shart. Hayajon va qo'rquvsiz chiqishlar qilishi shart. Video montaj ustasi va Ish boshqaruvchisi tomonidan beriladigan vazifalarni bajarishi kerak. Kunlik bajarilgan ishlar bo'yicha kun yakunida Ish boshqaruvchi va Direktor o'rinbosariga hisobot topshirilishi shart. Mehnat qonunchiligiga asoslangan holda mehnat shartnomasi tuziladi.

Xizmat haqqi (oylik maosh) haqida ma'lumotlar:

  • Grafik Dizayner | 100$ - 900$
  • Moushn Dizayner | 100$ - 800$
  • Video montaj ustasi | 100$ - 900$
  • Koperayter | 100$ - 600$
  • Web dasturchi | 100$ - 1400$
  • Telegram bot dasturchi | 100$ - 1200$
  • Operator (qiz bola) | 100$ - 400$
  • Sotuv menejeri | har bir sotilgan masulotdan 15% dan 25% gacha ajratib beriladi. (masalan: 100.000 so'mlik mahsulot to'lovidan 15.000 so'mdan 25.000 so'mgacha ajratib beriladi.)
  • Ish boshqaruvchi | 100$ - 500$
  • Direktor yordamchisi | 100$ - 450$
  • Yurist | 100$ - 550$
  • Hujjatlar bilan ishlovchi menejer | 100$ - 300$
  • Direktor o'rinbosari | 100$ - 1500$
  • Video-roliklarda chiqish qiluvchi (qiz bola) | 50$ - 350$

Eslatma: Iltimos ma'lumotlar bilan qayta va qayta tanishib chiqib keyin biz bilan bog'lanishingizni so'raymiz. Barcha savollaringizga bu yerda javob bor.

Vaqtingizni ayamay tanishib chiqganingiz uchun minnatdormiz va sizga ma'qul bo'lsa yoki savolingiz bo'lsa bemalol bizga murojaat qilishingiz mumkin.

Murojaat qilishdan oldin iltimos o'zingiz haqingizda quyidagi ma'lumotlarni jo'nating:

  1. Resume.
  2. Shaxsiy 4 dona rasmingiz.
  3. Portfolio (agar bo'lsa).
  4. Telefon raqamingiz.

Biz bilan hoziroq bog'lanish uchun:

Telegram: @hr_modernteam

Tel: +998 (hozirda profilaktika ishlari olib borilmoqda va telefon raqami ham tez orada qo'yiladi.).

Report Page