Ish grafigi
20–22 iyun kunlari ayrim BTS Express filiallarining ish grafigidagi o‘zgarishlar
Hurmatli mijozlar,
20–22 iyun kunlari ayrim BTS Express filiallarida ish tartibiga vaqtinchalik o‘zgartirishlar kiritilganini ma’lum qilamiz. Jo‘natmalarni yuborish va qabul qilishni rejalashtirishda quyidagi ma’lumotlarni inobatga olishingizni so‘raymiz.
20-iyun
Navoiy, Vosxod, Navoiy Yangibozor, Navoiy MIB, Shodlik va Karmana filiallari soat 09:00 dan 13:00 gacha faoliyat yuritadi.
Navbahor, Konimex, Nurota, G‘azg‘on, Qiziltepa, Qiziltepa Vang‘ozi, Xatirchi, Narpay, Paxtachi va Oqtosh filiallari soat 09:00 dan 12:00 gacha mijozlarga xizmat ko‘rsatadi.
Zarafshon, Zarafshon 13-MKR va Uchquduq filiallarida ushbu kunda dam olish kuni deb belgilangan.
21-iyun
Sagdiana va M Baraka filiallari faoliyat yuritmaydi.
Avtovokzal Andijon filiali soat 15:00 gacha xizmat ko‘rsatadi.
Nukus filiali soat 13:00 dan boshlab ish boshlaydi.
Qarshi Yangibozor va Qarshi filiallari soat 14:00 dan boshlab faoliyat yuritadi.
Shahrisabz filiali esa soat 15:00 dan mijozlarni qabul qiladi.
22-iyun
Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi Beruniy, Beruniy Bozor, Ellikqal'a va To‘rtko‘l filiallari soat 14:00 dan boshlab faoliyat yuritadi.
Xorazm viloyatidagi Shovot, Shovot-2, Urganch Yangi Tunel, Urganch Raysentr, Xazorasp, Xazorasp Markaz, Xiva, Xiva Stadion, Yangiariq, Yangibozor, Qo‘shko‘pir, Bog‘ot, Gurlan, Xonqa, Tuproqqal'a, Urganch 4-VKR hamda Urganch filiallari ham mijozlarga soat 14:00 dan boshlab xizmat ko‘rsatadi.
Mijozlarimizdan jo‘natmalar bilan bog‘liq ishlarini oldindan rejalashtirishlarini va filiallarning ish vaqtlarini inobatga olishlarini so‘raymiz.
BTS Express jamoasi sizga sifatli va qulay xizmat ko‘rsatishda davom etadi.