"Iqtisodiyot", "Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar" va "Mikro-makroiqtisodiyot" fanlaridan Respublika fan olimpiadasi.
Sitora Kadirovna2021-yilning 8-9 aprel kunlari Buxoro davlat universiteti "Iqtisodiyot va turizm" fakulteti Servis sohasi iqtisodiyoti kafedrasida Respublika fan olimpiadalarining 1-universitet bosqichi bo'lib o'tdi. Kafedrada o'qitiladigan 3 ta "Iqtisodiyot", "Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar" va "Mikro-makroiqtisodiyot" fanlari doirasidan 1-bosqich tanlovi amalga oshirildi. Fanlar bo'yicha olimpiada hay'at a'zolari sifatida kafedraning malakali professor-o'qituvchilari faoliyat olib borishdi. Mazkur bosqichda 4 xil shartlardan iborat tanlovda 36 nafar talaba ishtirok etishdi va eng yuqori ballarni egallagan talabalarga Respublika bosqichiga yo'llanma berildi. Olimpiada belgilangan tartibda maqsadli tashkil etildi.
Iqtisodiyot va turizm fakulteti matbuot xizmati