“Iqtisodiy erkinlik indeksi 2023” e’lon qilindi

“Iqtisodiy erkinlik indeksi 2023” e’lon qilindi

EconomyMoliyaPress

Joriy yilning fevral oyi yakunida "Heritage" fondi va "The Wall Street" jurnali tomonidan “Iqtisodiy erkinlik indeksi”ning 2023-yil uchun hisoboti e’lon qilindi. 

O‘zbekiston 56.5 ball bilan (o‘tgan yilga nisbatan +0.8 ball) dunyo bo‘yicha 176 mamlakat orasida 109-o‘rinni egallagan va o‘tgan yilga nisbatan 8 pog‘ona yuqorilagan. 

O‘zbekiston 12 ta indikatorning 7 tasida ijobiy va 5 tasida salbiy o‘zgarishlarni qayd etdi.

Xususan, ijobiy o‘zgarishlar quyidagi indikatorlarda:

Davlat yaxlitligi (+1.1 ball), Soliq yuki (+2 ball), Mehnat bozori erkinligi (+0.1 ball), Monetar erkinlik (+2.3 ball), Savdo erkinligi (+0.4), Investitsiyalar erkinligi (+10 ball) va Moliyaviy erkinlik (+10 ball)

Ko‘p yillik iqtisodiy turg‘unlikdan so‘ng, O‘zbekiston 2017-yildan buyon iqtisodiy erkinlikni ta’minlashga qaratilgan ochiqlik va modernizatsiyaga o‘tishni rag‘batlantiradigan siyosatini olib borayotganligi ta’kidlangan.

Shuning bilan birga, O‘zbekiston Indeksdagi mulkchilik huquqi (-0.7 ball), sud faoliyati samaradorligi (-0.1 ball) davlat xarajatlari (-3.2 ball) fiskal salomatlik (-11.3 ball) biznes erkinligi (-0.2 ball) indikatorlarida pastlagan.

O‘zbekistonda asosiy iqtisodiy erkinlikni cheklaydigan to‘siqlar sifatida huquq ustuvorligi indikatorlari (mulkchilik huquqi, sud faoliyati samaradorligi va davlat yaxlitligi) jahon bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichidan pastligi va bu borada muhim islohotlar o‘tkazilishi lozimligi ko‘rsatilgan.  

Manba: https://www.heritage.org/index/

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Axborot xizmati

Report Page