Iqlim va iqtisodiyot

Iqlim va iqtisodiyot


Hozirgi davrda jamiyatdagi ishlab chiqarish kuchlarining tez sur'atlar bilan o‘sishi, tabiatdan pala-partish foydalanish va o‘zlashtirish natijasida ekologik muvozanat buzilib, ekologik muammolar yuzaga keldi. Ekologik muammolar o‘z vaqtida hal qilinmasa muayyan hududga ekologik halokat xavfini olib keladi. Uning oldini olishga qaratilgan qator uslublar mavjud, jumladan havo ifloslanishiga qarshi biologik yashil uslub bo‘lib, bunda maydonlar yashil o‘simlik bilan qoplanadi. Daraxtzor, butazor hamda o‘tloqzorlar ifloslangan havodagi chang va gazlarni tutib qolib, mexanik va kimyoviy filtr vazifasini bajaradi. Bog‘lardagi yashil o‘simliklar shahar havosiga kuniga 20,4 t sof kislorodni yetkazib beradi. Iliq, quyoshli kunlarda bir gektar yerdagi yashil daraxtlar fotosintez jarayonida havodan 220-280 kg Co2 olib, 180-220 kg O2 ajratib chiqaradi. Misol uchun: Bir gektar yerdagi olxo‘rizor 32 t, qarag‘ay o‘rmoni 32t, qoraqayin o‘rmoni esa 68t changni tutib qoladi. Balandligi 25 metrli bo‘lgan bir tup qoraqayin daraxti soatiga 2kg karbonat angidridni yutib havoga 2kg sof O2 ajratib chiqaradi. O‘rmon, butazor va o‘tloqzorlar shahardagi chang zarrachalarni 80%ini, CO2 ning 60%i ni ushlab qoladi (Quchqorova, 2022). 1-rasmda turli daraxtlarning CO2 yutish miqdori ko'rsatilgan

Karbonat yutish miqdori (chapdan, Eman, Sharqiy palatka, Qarag'ay, Sarv)

Ekologik muammolarga sababchi bo‘lgan yana bir tarmoq– baliqchilik. Fishing - global oziq-ovqat ta'minotida roli ulkan bo‘lgan muhim xo‘jalik bo‘g‘ini. Dengiz mavjudotlari juda to‘yimli ozuqa bo‘lib, homo sapienslarning 30%i uchun oqsil va boshqa muhim oziq moddalarning birlamchi manbai bo‘lib xizmat qiladi. BMT ning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) ma'lumotlariga ko‘ra, 2018-yilda global fishing tarmog‘i yaratgan iste’mol hajmi taxminan 179 million tonnaga yetdi. Dengiz mahsulotlari yetishtirish 82 million tonnani (46%), baliq ovlari esa 97 million tonnani (54%) tashkil etdi. Kam daromadli mamlakatlardagi jami 3,3 milliard odam uchun oqsil ratsionining 20% dan ortig‘ini baliq iste’moli tashkil etadi. 2-rasmda turli hayvonlarning go'sht iste'molida baliq mahsulotlari ulushi ko'rsatilgan

Go'sht mahsulotlari kesimida baliqning ulushi (2-rasm)

Science jurnali 2006-yil noyabr oyida to‘rt yillik tadqiqotni e'lon qildi, unga ko‘ra, 2048-yilda dunyoda yovvoyi holda ovlanadigan dengiz mavjudotlari tugashi bashorat qilingan, bu esa ulkan ocharchiliklarga sabab bo‘ladi. Shu bilan birga turlar tarkibidagi keskin o‘zgarishlar ekotizimga ham ta’sir etadi Bunda bir nechta tur orasidagi raqobat insonlar aralashuvi natijasida tengsizlanishi va oxir-oqibat tur monopoliyasiga olib kelishi mumkin. Masalan, xilma-xil populyatsiyaga ega bo‘lgan meduzalar hayot sikli va yashovchanligi bilan ajralib turadi. Ular Marin havzasi va dengiz biogeotsenozida keng tarqalib, kichik hajmli baliqlarning tuxumlari, shuningdek boshqa ozuqa manbalarini ham bilan oziqlanadi. Bu esa aynan baliq turlari qirilib ketishiga olib keladi. Ularning kushandalari esa asosan dengiz toshbaqalari bo‘lib, ular kunlik miqdorda 400 kilogacha meduzani iste’mol qilishlari mumkin. Biroq, insonlar faoliyati sabab toshbaqalar kamayib bormoqda, ayniqsa, Sharqiy Tinch okeanida bu jonivorlar yo‘q bo‘lib ketish arafasida. Bu esa tabiiy muvozanat buzilishiga, ozuqa zanjiri ishdan chiqishiga zamin yaratmoqda. Shu bois, oxirgi yillarda sayyoramiz gidrosferasini saqlash bo‘yicha ishlar qilinmoqda. Jumladan, Yevropa ittifoqi tomonidan “EU’s Biodiversity Strategy for 2030” va “The Zero Pollution action plan” strategik rejalari qabul qilingan bo‘lib, unda dengiz resurslaridan yanada barqaror foydalanishni ta'minlash, shu bilan birga toza, sog‘lom, samarali va barqaror dengiz ekotizimlarini saqlash bo‘yicha amaliy ishlar belgilangan. Sheba (The Surface Heat Budget of the Arctic Ocean) dasturi ham aynan shu kabi muammolarni yechishga qaratilgan initiativlarni maqsad qilgan tashkilot hisoblanadi. 2012-yilda tashkilot marjon qoyalarni qayta tiklashga qaratilgan “Umid” (Hope) loyihasini boshladi. Unda marjon qoyalarni sun’iy shakllantirish uchun qoyatosh suv o‘tlarini ekish, parvarishlar ko‘zda tutilgan. So‘nggi natijalarga ko‘ra, 4 gektardan oshiqroq hududda marjon qoyalarni tiklashga erishilgan.

3-rasm. Sun'iy qoyatoshlardan yasalangan installatsiya

Issiqxona gazlari emissiyasining asosiy ulushi moda sanoati, xususan, kiyim-kechak va poyabzal ishlab chiqarish hamda ulardan foydalanishga to‘g‘ri keladi. Modaning tez o‘sishi har yili 80 milliardga yaqin kiyim-kechak ishlab chiqarilishiga qilinishiga olib keldi, Amerika Qo‘shma Shtatlarida iste'mol qilinadigan kiyimlarning taxminan 85%i poligon (axlat maydoni)ga yuboriladi. Jami kiyimlarning bir foizdan kamroq qismi yangi kiyim tikish uchun qayta ishlanadi. Asosiy ishlatiladigan material - sintetik poliester ko‘mir, neft, havo va suvning birikishidan vujudga keladi. Ko‘mir yoqilganda katta miqdorda karbonat angidrid ajralib chiqadi. Neftdan foydalanilganda esa azot oksidlari, karbon monoksit, vodorod sulfidi va oltingugurt dioksidi kabi bir qancha havo ifloslantiruvchi moddalarni hosil bo‘ladi. Uning hayotiy sikli tez yakunlanadi, biroq tez parchalanmaydi va hech qachon bakteriyalar tomonidan atrof-muhitga zarar yetkazmaydigan holatga kelmaydi. Quyida ayrim statistikalarning ko'rish mumkin.

4-rasm. Moda sanoatining tabiatga ta'siri

Moda sanoati har yili mato ishlab chiqarish va kiyim-kechak ishlab chiqarish uchun katta miqdorda suv sarflaydi. Jahon moda sanoati yiliga 93 milliard kub metr suv ishlatadi. Bu butun dunyo bo‘ylab chuchuk suv iste'molining to‘rt foizini tashkil qiladi. Kiyim va boshqa to‘qimachilik mahsulotlarining hayot aylanish jarayonida iste'molchi foydalanish bosqichi muhim ta'sir sohasidir, lekin ko‘pincha e'tibordan chetda qoladi. Iste'molchiga ta'sirni kamaytirish usuli sifatida kiyim-kechaklarni 9 oyga ko‘proq kiyish umumiy chiqindilarni 22% va suvdan foydalanishni 33% qisqartirishi mumkin. 2018-yilda moda sotuvchisi H&M sotilmagan mahsulotlarni 4,3 milliard dollarga yetkazdi. Patagoniya kabi boshqa chakana sotuvchilar organik paxta va qayta ishlangan plastik butilkalardan tayyorlangan poliester kabi ekologik toza materiallardan foydalangan holda yanada barqaror kiyim yaratishga harakat qilishmoqda. Biroq, hozircha harakatlar yetarli emas.


Xulosa qilib aytganda, iqlim o'zgarishining ta'siri ulkan va u iqtisodiyit har bir tarmogq va sektorida ko'zga tashlanadi. Uning oqibatlari ayanchli bo'lishi mumkin, shu bois mavzu chuqur o'rganilishi va iloji boricha tezroq amaliy choralar ko'rilishi zarur. Eko boxabarlik oshirish har birimizning vazifamizdir


@Fan_choyxonasi

Report Page