Iqlim o‘zgarishiga moslashish uchun investitsiyalarni baholash bo‘yicha maslahatlashuv treningi bo‘lib o‘tdi

Iqlim o‘zgarishiga moslashish uchun investitsiyalarni baholash bo‘yicha maslahatlashuv treningi bo‘lib o‘tdi


“O‘zbekistonda moslashuvning o‘rta va uzoq muddatli rejalashtirilishini olg‘a surish uchun sektorlarga tayangan milliy moslashuv rejasi” loyihasi doirasida Investitsiya strategiyasini ishlab chiqish bo‘yicha Idoralararo ishchi guruhining iqlim o‘zgarishiga moslashish uchun investitsiyalarni baholash bo‘yicha maslahatlashuv hamda “Yashil” iqlim jamg‘armasining 2024–2027-yillar uchun Strategik rejasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Loyiha “Yashil” iqlim jamg‘armasi va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda. Iqtisodiyot va moliya vazirligi mazkur loyihaning milliy hamkori sifatida ishtirok etadi.

Ma’lumot uchun: mazkur loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-oktabrdagi PF–5848-sonli “Tashqi beg‘araz ko‘mak mablag‘larini jalb etish mexanizmlarini va donorlar bilan ishlashni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan amalga oshirilmoqda.

Tadbirda xalqaro konsultant Andreas Birman (Buyuk Britaniya) ishtirokida tabiiy ofatlar, sog‘liqni saqlash, suv va qishloq xo‘jaligi hamda uy-joy qurilishi sohalarida iqlim o‘zgarishiga moslashish rejalari uchun Investitsiyalar strategiyasini shakllantirish bo‘yicha ustuvor loyihalar muhokama qilindi.

Tadbir yakunida xalqaro konsultant Andreas Birman tomonidan qayd etilgan sohalarda iqlim o‘zgarishiga moslashish rejalarini inobatga olgan holda Investitsiyalar strategiyasini ishlab chiqib, qisqa muddatda taqdim qilishga kelishib olindi.

 

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Axborot xizmati

Report Page