Ipoteka subsidiyalari uchun arizalar qabuli 27-iyul kuni boshlanadi

Ipoteka subsidiyalari uchun arizalar qabuli 27-iyul kuni boshlanadi

EconomyMoliyaPress

Ipoteka kreditlari boʻyicha subsidiyalar toʻlashning maqsadli koʻrsatkichlari doirasida taqdim etilgan xabarnomalarning amal qilish muddati doirasida foydalanilmagan qismi hisobidan arizalar qabul qilish joriy yilning 27-iyul kuni soat 15:00 da boshlanishini maʻlum qilamiz.

Ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya olishda ariza beruvchi ijtimoiy mezonlar asosida baholash natijasiga ko‘ra 30 va undan yuqori ball to‘plashi hamda kredit tarixi dasturda ishtirok etuvchi kamida bitta tijorat bankining ichki talablariga mos bo‘lishi talab etiladi.

Bunda ariza beruvchida, shu jumladan, uning turmush o‘rtog‘ining nomida respublikaning barcha hududlari miqyosida mulk huquqi bilan turar joy mavjud bo‘lmasligi, shuningdek, oʻrtacha oylik daromadi miqdori belgilangan ijtimoiy mezonlar doirasida bo‘lishi lozim.

 Subsidiya olish uchun quyidagi usullar:

  • Davlat xizmatlari markazlariga bevosita murojaat qilish;
  • myGov mobil ilovasi;
  • my.gov.uz portalida, mazkur havola orqali ariza topshirishingiz mumkin.

 Muhim eslatma:

Ariza beruvchi tomonidan ariza topshirish (baholash) davrida OneID tizimida shaxsga doir ma’lumotlarni boshqarish paneli orqali ishtirok etuvchi tijorat banklariga kredit tarixini baholash maqsadida tegishli ma’lumotlardan foydalanish uchun ruxsat berilgan bo‘lishi lozim (tijorat banklari ro‘yxati ilovada). Shuningdek, kredit tarixini olishga cheklov vaqtincha o‘rnatilmagan bo‘lishi kerak. Aks holda, ariza beruvchining kredit tarixini o‘rganish imkoniyati cheklanib, uning arizasi rad etilishiga sabab bo‘ladi.

🔹 Harbiy tuzilmalar xodimlari bevosita davlat xizmatlari markaziga murojaat qilgan holda ariza topshirishlari mumkin.

Ariza beruvchining kredit tarixi tijorat banklarining ichki qoidalariga muvofiqligini baholash orqali subsidiyali ipoteka kreditlarini ajratish dasturida ishtirok etuvchi tijorat banklarining roʻyxati:

  1. “Agrobank” ATB

2. “Aloqabank” ATB

3. “Asakabank” AJ

4. “Asia Alliance Bank” ATB

5. “Biznesni rivojlantirish banki” ATB

6. “Hamkorbank” ATB

7. “Ipak yoʻli” AITB

8. “Ipotekabank” OTP Group

9. “Mikrokreditbank” ATB

10. “Orient Finans” XATB

11. “Trastbank” XAB

12. “Turonbank” ATB

13. “Xalq banki” ATB

14. “Oʻzmilliybank” AJ

15. “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB


Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Axborot xizmati va kommunikatsiyalar boshqarmasi

Report Page