Intizomiy jazo

Intizomiy jazo


⚜️“Toshkent metropoliteni” DUKning Korrupsiyani oldini olish xizmati xodimlari tomonidan tegishli huquqni muhofaza qilish organlari hamkorligida joriy yilning 22-sentabr kuni metropoliten tarkibiy tuzilmasida korrupsiyaga oid jinoyat holati aniqlandi.

Jumladan, metropoliten tarkibiy tuzilmasi xodimi bo‘lgan “R.R.” fuqaro “L.L.”ning ishonchiga kirib, uni ishga joylab qo‘yish evaziga 1000 (ming) AQSH dollari miqdorida pora olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.


💠Ushbu xodimga nisbatan Prokuratura organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 28,168-moddasi 2-qismi "a" bandi va 28,211-modda 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, o‘rnatilgan tartibda qamoqqa olingan.

Hurmatli fuqarolar!


📌Yuqorida ko‘rsatilgan korrupsion holatlarnining oldini olish

Agar siz, yuqorida ko‘rsatilgan korrupsion holaga duch kelgan bo‘lsangiz yoki metropoliten xodimlari tomonidan ishga olish evaziga sizdan moddiy yoki nomoddiy navf talab qilingan bo‘lsa, “Toshkent metropoliteni” DUKning rasmiy internet veb-saytida ko‘rsatilgan kanallar yoki ishonch telefoni orqali murojaat qiling!


Korrupsion hatti-xarakatlar ishtirokchisi bo‘lib qolmang!

Report Page