Intizomiy jazo

⚜️“Toshkent metropoliteni” DUKning Korrupsiyani oldini olish xizmati xodimlari tomonidan tegishli huquqni muhofaza qilish organlari hamkorligida joriy yilning 22-sentabr kuni metropoliten tarkibiy tuzilmasida korrupsiyaga oid jinoyat holati aniqlandi.
Jumladan, metropoliten tarkibiy tuzilmasi xodimi bo‘lgan “R.R.” fuqaro “L.L.”ning ishonchiga kirib, uni ishga joylab qo‘yish evaziga 1000 (ming) AQSH dollari miqdorida pora olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.
💠Ushbu xodimga nisbatan Prokuratura organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 25, 168-moddasi 3-qismi “b” va 28, 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, o‘rnatilgan tartibda qamoqqa olingan.
Hurmatli fuqarolar!
📌Yuqorida ko‘rsatilgan korrupsion holatlarnining oldini olish
hamda ularga barham berish maqsadida, metropoliten idoralariga ishga joylashish masalalarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri “Toshkent metropoliteni” DUK Apparat boshqarmasining Kadrlar bilan ishlash xizmatiga murojaat qiling!
Firibgarlik, ya’ni aldash yoki ishonchni suiste’mol qilish yo‘li bilan o‘zganing mulkini yoki o‘zganing mulkiga bo‘lgan huquqni qo‘lga kiritish holatlarini sodir etgan har qanday shaxsga nisbatan qonun doirasida jazo muqarrarligini eslatib o‘tamiz.
Agar siz, yuqorida ko‘rsatilgan korrupsion holaga duch kelgan bo‘lsangiz yoki metropoliten xodimlari tomonidan ishga olish evaziga sizdan moddiy yoki nomoddiy navf talab qilingan bo‘lsa, “Toshkent metropoliteni” DUKning rasmiy internet veb-saytida ko‘rsatilgan kanallar yoki ishonch telefoni orqali murojaat qiling!
Korrupsion hatti-xarakatlar ishtirokchisi bo‘lib qolmang!
***
⚜Сотрудниками службы профилактики коррупции ГУП "Тошкент метрополитени" совместно с соответствующими правоохранительными органами 22 сентября текущего года выявлено коррупционное преступление в структуре метрополитена.
В частности, сотрудник столичного структурного подразделения "Р.Р." был задержан с вещественными доказательствами во время проникновения в доверие к гражданину "Л.Л." и получения взятки в размере 1000 (тысяч) долларов США в обмен на его трудоустройство.
💠В отношении данного сотрудника органами прокуратуры возбуждено уголовное дело по статьям 25, 168, ч. 3 “Б” и статьям 28, 211, ч. 1 Уголовного кодекса Республики Узбекистан, и заключен под стражу в установленном порядке.
Уважаемые граждане!
📌Для предотвращения вышеуказанных случаев коррупции
и в целях их устранения, по вопросам трудоустройства в столичные органы, обращайтесь напрямую в службу по работе с кадрами управления Аппарата ГУП “Тошкент метрополитени”!
Напоминаем, что наказание в рамках закона неизбежно в отношении любого лица, совершившего мошенничество, то есть случаи приобретения чужого имущества или прав на чужое имущество путем обмана или злоупотребления доверием.
Если вы столкнулись с вышеуказанной коррупционной ситуацией или от вас потребовали материальный или нематериальный вклад в обмен на прием на работу сотрудниками метрополитена, обращайтесь по каналам, указанным на официальном интернет-сайте ГУП “Тошкент метрополитени”, или на горячую линию!
Не становитесь участником коррупционного акта!