"Intertkan 2023. Kuz"

"Intertkan 2023. Kuz"



"Intertkan 2023. Kuz" – to'qimachilik materiallarining professional ko'rgazmasi

2023-yilning 5-7-sentabr kunlari Moskva shahrida “INTERTKAN 2023. KUZ” 14-Xalqaro gazlama va toʻqimachilik koʻrgazmasi boʻlib oʻtdi.

Bu safar tadbirda 600 dan ortiq yetakchi kompaniyalar o‘z mahsulotlarini namoyish etdi. Bular Rossiya, Belarus, Xitoy, Turkiya, Hindiston, Eron, O‘zbekiston va boshqa mamlakatlardan mato, to‘qimachilik materiallari, trikotaj, butlovchi buyumlar, aksessuarlar, maishiy, texnik to‘qimachilik va to‘qilmagan materiallarni ishlab chiqaruvchi va yetkazib beruvchilardir.


MDH davlatlari orasida o‘tkazilgan eng yirik ixtisoslashtirilgan tadbirda Eksportni rag‘batlantirish agentligi ko‘magida O‘zbekistonning 25 kompaniyasi ishtirok etdi. “Made in Uzbekistan” milliy stendida mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilarining eng original mato, kalava, to‘qimachilik mahsulotlari, trikotaj buyumlari, aksessuarlar, galantereya buyumlari, butlovchi buyumlar va boshqa materiallari namoyish etildi. Shuningdek, oʻzbekistonlik eksponentlar koʻrgazma doirasida oʻtkazilgan biznes tadbirlar: treninglar, davra suhbatlari, mahorat darslari, b2b uchrashuvlarida ishtirok etib, muhim savollarga professional javob oldilar.


To‘qimachilik tadbirining keng qamrovli dasturi O‘zbekiston mahsulotlarini tashqi bozorga eksport qilish geografiyasini yanada kengaytirish maqsadida ishbilarmonlik aloqalarini mustahkamlash va yangi biznes shartnomalarni tuzishga xizmat qiladi.

"Интерткань 2023. Осень" – профессиональная выставка текстильных материалов

5-7 сентября 2023 г. в Москве прошла 14-я Международная выставка тканей и текстильных материалов «ИНТЕРТКАНЬ 2023.ОСЕНЬ».

В этот раз свою продукцию представили более 600 ведущих компаний. Это производители и поставщики тканей, текстильных материалов, трикотажных полотен, комплектующих, фурнитуры, домашнего, технического текстиля и нетканых материалов из России, Белоруссии, Китая, Турции, Индии, Ирана, Узбекистана и других стран.


Агентством продвижения экспорта организовано участие 25 узбекских компаний в крупнейшим специализированным мероприятии среди стран СНГ. На национальном стенде «Made in Uzbekistan» было продемонстрировано самые оригинальные ткани, пряжи, образцы текстиля, трикотажа, фурнитуры, галантереи, комплектующих и других материалов отечественных производителей. Также узбекские экспоненты приняли участие в деловых мероприятиях, которые проводились в рамках выставки: тренинги, круглые столы, мастер-классы, b2b-встречи и получили профессиональные ответы на важные вопросы.


Обширная программа текстильного мероприятия способствует укреплению деловых связей и заключению новых-бизнес соглашений с целью дальнейшего расширения географии экспорта узбекской продукции на зарубежных рынках.


Report Page