Internetda sintetik giyohvandlik vositalarni sotayotgan jinoiy guruh qoʻlga olindi

Internetda sintetik giyohvandlik vositalarni sotayotgan jinoiy guruh qoʻlga olindi

IIBB Axborot xizmati

Joriy yilning 1-may kunidan 30-may kuniga qadar Toshkent viloyati hududida tarkibida giyohvandlik, psixotrop va kuchli taʼsir qiluvchi moddalar boʻlgan dori vositalari bilan bogʻliq har qanday holatni aniqlab fosh etishga qaratilgan “Qora dori-2024” keng qamrovli kuchaytirilgan nazorat-reyd tadbirlari oʻtkazilmoqda.

IIBB Axborot xizmati

Tadbir doirasida viloyat IIBB va Nurafshon shahar IIB xodimlari tomonidan soat tungi 01:00 larda Nurafshon shahar “Yoshlik” mahallasi hududida shubhali harakatlari uchun toʻxtatilib tekshirilgan shaxs (1988 y.t. D.K.)ning yonida 70 gr dan ortiq (alfa-pvp) sintetik giyohvandlik vositasi hamda ushbu vositani qadoqlash uchun foydalaniladigan anjomlar borligi aniqlangan va daliliy ashyo sifatida olingan.

IIBB Axborot xizmati

Tadbir davom ettirilganda, ushlangan shaxs, onlayn ish qidirib psixotrop va kuchli taʼsir qiluvchi moddalar bilan onlayn savdo qiluvchi telegram kanalini uchratganligini va hozirda oʻziga yuborilgan moddalarga kimyoviy ishlov berish yoʻli bilan giyohvand, psixotrop yoki kuchli taʼsir qiluvchi moddani tayyorlab, uni katta dozalarda paketlarga joylashtiruvchi boʻlib ishlayotganligi aniqlangan.

IIBB Axborot xizmati
IIBB Axborot xizmati

Ogʻufurushlar zanjiriga chek qoʻyish maqsadida davom ettirilgan tadbirda yana 3 nafar shaxs (1988 y.t. B.I., 1995 y.t. M.T. va 1993 y.t. B.A.) qoʻlga olinib, ulardan 270 gr (alfa-pvp) sintetik giyohvandlik vositasi hujjatlashtirilib olingan.

IIBB Axborot xizmati
IIBB Axborot xizmati

Aniqlanishicha, guruhda har bir shaxsning vazifasi boʻlgan. Kimdir giyohvandlik moddalariga kimyoviy ishlov berish, boshqasi qadoqlash va yana boshqa shaxs yetkazish va xufiyona joyga yashirish bilan shugʻullangan.

IIBB Axborot xizmati

Oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida 4 nafar shaxs ushlanib, qora bozordagi taxminiy narxi 300 mln soʻm bo'lgan, sintetik giyohvandlik vositalari muomaladan olindi. Holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi 273-moddasi 5-qismi jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

IIBB Axborot xizmati



Report Page