Internetda plastik kartaga yigʻilayotgan ehson pullarini noqonuniy oʻzlashtirgan shaxs ushlandi

Internetda plastik kartaga yigʻilayotgan ehson pullarini noqonuniy oʻzlashtirgan shaxs ushlandi

IIBB Axborot xizmati

Farzandini davolatish uchun saxovatli insonlardan yordam soʻrab internetda hisob ochgan Angrenlik ayolning pullarini oʻzlashtirib olgan maktab oʻquvchisi ushlangan.

IIBB Axborot xizmati

Angren shahri “Taraqqiyot” MFYda yashovchi 45 yoshli fuqaro M.S. (ayol) IIBga ariza bilan murojaat qilib, farzandini davolatish uchun moddiy yordam yigʻish maqsadida ijtimoiy tarmoqqa eʼlon qilgan plastik kartasi hisobiga 600 ming oʻtkazishini aytib qoʻngʻiroq qilgan nomaʼlum kimsa aksincha uning hisobidan 2 mln soʻmni yechib olganini maʼlum qilgan va holat yuzasidan qonuniy chora koʻrishni soʻragan.

IIBB Axborot xizmati

Arizaga asosan Toshkent viloyati IIBB Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish hamda shahar IIB JQB tezkor xodimlari tomonidan olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida ushbu jinoyatni – Qoraqalpogʻiston Respublikasida yashovchi, 2004 yilda tugʻilgan J.A. (11 sinf oʻquvchisi) sodir etganligi aniqlangan.

Ushbu holat yuzasidan fuqaro J.A. ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

IIBB Axborot xizmati



Report Page